|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 30/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKGlobal iqtisodiy siyosat - dunyodagi yetakchi mamlakatlar hukumatlari, xalqaro banklar, moliya korporatsiyalari, transmiliy korporatsiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Globallashuv – jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv, transmilliylashuv va baynalminallashuv jarayonlari.
Gollandcha auksion - bu auksionda stavka yuqoridan pastga tovar sotilgunga qadar pasayib boradi.
Gorizontal diversifikatsiya - firma assortimentini ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, birok mijozlarning qiziqishini o‘ygotishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar bilan tuldirish.
Grantlar - bu belgilangan muddatlarda muayyan aniq maqsadlarga erishilishini ta’minlash uchun qaytarilmaslik sharti bilan ajratiluvchi mablag‘lardir.
G‘
G‘azna majburiyati – davlat qimmatli qog‘ozi, ma’lum muddat davomida daromad olish huquqini beradi.
H
Haqiqiy iqtisodiy o‘sish – bu statistika organlari tomonidan muntazam nashr etiladigan YaIM yoki boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning haqiqiy yillik ko‘payishidir.
Haqiqiy xarajatlar - budjet tashqi lotini saqlashga budjet mablag‘lari hisobidan qilingan xarajatlardir, ya’ni budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni tashqi l qiluvchi summalar hamda hisoblangan yoki amalga oshirilgan, lekin hali to‘lanmagan xarajatlardir.
Hisоb stаvkаsi – Mаrkаziy bаnk tijоrаt bаnklаri vеksеllаrini hisоbgа оlishdа vа ulаrgа krеdit bеrishdа qo’llаydigаn fоiz stаvkаsi.
Hisobdor shaxslar - bu xarajatlarni naqd pul bilan to‘lash uchun bo‘nak berilgan korxonaning xodimlaridir.
Hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi prinsipi - bu muayyan davrda shu davr daromadlarining olinishini shart qilgan xarajatlarnigina aks yettirilishidir.
Hisobotning betarafligi prinsipi - bu hisobotda keltirilgan axborot, uning ishonchliligini ta’minlash uchun oldindan bichib-to‘qib qo‘yishdan holi bo‘lishligidir.
|
| |