|
Investision loyihani oqlash muddati
|
bet | 38/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKInvestision loyihani oqlash muddati - joriy foydalar yig’indisini investisiya qiymatiga teng bo‘lishini ta`minlovchi minimal vaqt oralig‘i.
Invesitsion siyosat - kapital qo‘yilmalarning eng utsivor yunalishlarini tanlash, iqtisodiyot samaradorligini oshirish, sarflangan har bir so‘mga mahsulot o‘sishi va milliy daromadning eng yuqori ko‘rsatkichlariga erishish.
Investitsion faoliyat - investitsiyalami ro‘yobga chiqarish bo‘yicha qilinadigan amaliy harakatlar.
Investitsiya - so‘zi nemischa investition, lotincha investio so‘zlaridan olingan bo‘lib, u kapitalni uzoq muddatli qo‘yilmalar tariqasida sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa tarmoqlarga sarf etiladigan xarajatlar summasidir.
Investitsiyalar - mamlakat ichkarisi va tashqarisida yangi korxona yaratish va mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, eng yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarish darajasini oshirish va foyda olish maqsadida uzoq muddatli mablag’lar kiritilishi.
Investitsiyalar sof hajmi - bu investitsiyalar yalpi hajmidan amortizatsiya hajmining ayirmasiga teng.
Investisiyalash - asosiy kapitalni to‘ldirish va o‘stirish uchun vapital qo‘yish jarayoni.
Investitsiyalar samaradorligi - milliy daromad (foyda) investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Investitsiyalash - asosiy kapitalni to‘ldirish va o‘stirish uchun kapital ko‘yish jarayoni.
Investitsiyani ichki oqlash normasi (IRR - internal rate of return) - investitsion loyiha samaradorligi ko‘rsatkichi. Investitsiyani (minus bilan olingan) qiymati bilan kelajakda olinadigan sof qiymati yig‘indisini nolga normasi.
Investor - biron-bir faoliyatga, korxonaga foyda olish maqsadida uzoq muddatli kapital kiritishni amalaga oshiruvchi xususiy tadbirkor, tashkilot yoki davlat.
Ipoteka - qarzdorning ko‘chmas mulki bilan ta’minlangan, qarz majburiyatini aks ettiruvchi qimmatbaho qog‘oz.
Ipoteka krediti - ko‘chmas mulk (er, bino, uy-joy kabilar)ni garovga qo‘yish hisobiga beriladigan kredit. Odatda ipoteka kreditidan asosan qishloq xo‘jaligida asosiy fondlami yangilash uchun yirik qo‘yilmalarni qoplashda foydalaniladi.
|
| |