|
Inson kapitali nazariyasi (human capital theory)
|
bet | 37/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKInson kapitali nazariyasi (human capital theory) - inson kapitaliga investitsiya quyish natijasida ish haqining har xil darajada bo‘lishi sabablarini tushuntirib beruvchi nazariya.
Inson kapitaliga investitsiya (human capital investment) - insonning qobiliyatini, malakasini, ishchining mehnat unumdorligini oshirishga olib keladigan har qanday harajat.
Institutlar - iqtisodiy sub’ektlar harakatini cheklovchi, ularning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi me’yorlar, koidalar hamda ushbu meyor va qoidalarni bajarilishini nazorat qilish mexanizmlari.
Institutsion birliklar - aktivlarga egalik qilish, majburiyatlar olish, iqtisodiy faoliyat yuritish va boshqa birliklar bilan operatsiyalar o'tkazish huquqiga ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlar.
Integral tuzum – u haqiqat (fan), yaxshilik (etika) va go‘zallik (estetika) uyg‘unligini ta’minlaydi; chunki u /arb va Sharqning sivilizatsiya qadriyatlar tizimini integratsiyalaydi, ularning bir-birini boyitishi va mahsuldorligini ta’minlaydi.
Intensiv iqtisodiy o‘sish - ishlab chiqarish omillarining mavjud darajasida, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi.
Inventar kartochkalar - asosiy vositalar (fondlar)ning hisobi uchun mыljallangan hisob registrining shakli. Inventar kartochkalar щar bir ob’ekt xыjalikka keltirilganda tuziladi. Inventar kartochkalar ob’ektlarning щar bir turi bo‘yicha aloщida olinishi mumkin. Kartochkada inventar ob’ekti tы\risidagi щamma kerakli ma’lumotlar aks ettiriladi: uning nomi, amortizatsiya ajratmasi mi=dori, shuningdek, kapital tiklash, jiщozlar, butlash va hisobdan chi=arishlar щam aks ettiriladi.
Inventarizatsiya - korxonaga tegishli bo‘lgan barcha asosiy vositalar, inventarlar, mablag‘lar va boshqa moddiy boyliklarning haqiqatda mavjudligi bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini solishtirish va tekshirish usuli. Inventarizatsiya o‘tkazilishidan asosiy maqsad buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlarining xaqqoniyligini va mulkning saqlanishini ta’minlashdir. Inventarizatsiya ob’ekti bo‘lib quyidagilar hisoblanadi.
|
| |