|
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash
|
bet | 45/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKIshlab chiqarishni diversifikatsiyalash - bir vaqtning o‘zida bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish turlarini rivojlantirish, bir korxona yoki konsem doirasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini kengaytirish. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy naf olish va bankrotlikning oldini olish maqsadida diversifikatsiyadan foydalaniladi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish - yirik korxonalarda texnologiya va tuzilmasi bir xil bo‘lgan mahsulotlarni ommaviy ravishda ishlab chiqarish.
Ishlab chiqarishni kimyolashtirish - mahsulot ishlab chiqarishda kimyoviy mahsulot va sun’iy materiallar, shuningdek, kimyoviy usullardan keng foydalanish.
Ishlab chiqarishni yiriklashtirish - mahsulotni yirik korxonalarda chiqarishni tashkil qilish.
Ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi - bir tomonlama, ko‘pincha bitta mahsulotga asoslanuvchi ishlab chiqarishni keng nomenklaturada tayyorlanuvchi mahsulotlarga asoslangan ishlab chiqarishga o‘tkazish.
Ishlab chiqarishning umumiy samarasi - ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga sarflangan resurs xarajatlari o‘rtasidagi nisbat.
Ishlab chiqaruvchi optiqchaligi (yutug‘i) - tovarlarning haqiqiy narxlaridan chekli (bir birlik qo‘shimcha tovar ishlab chiqarishga ketgan) xarajatlarni ayirmalari yig‘indisiga teng.
Ishsizlar – ishchi kuchining bir qismi bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik – sog‘lig‘i yoki yoshi jihatidan ishga layoqatli kishining ish o‘rnini yo‘qotib, bo‘sh bo‘lib qolishi. Ishsizlik uch xiko‘rinishda uchraydi: 1. lxtiyoriy ishsizlik (boshqa hududga ko‘chish, o‘qishga kirish, bolani parvarish qilish kabi sabablarga ko‘ra ishdan bo‘shashi natijasida yuzaga keladi). 2. Tarkibiy ishsizlik (ayrim kasblar, ish turlariga bo‘lgan talabning susayishi natijasida yuzaga keladi). 3. Davriy ishsizlik (ayrim hududlar va tarmoqlarda ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kamayishi natijasida yuzaga keladi).
|
| |