• Islohotlar konsepsiyasi
  • Iste’mol baholari indeksi
  • Iste’mol narxlari indeksi
  • Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov




    Download 146,5 Kb.
    bet46/108
    Sana18.07.2024
    Hajmi146,5 Kb.
    #267806
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108
    Bog'liq
    Lugat iqtisodiyot UDK

    Ishsizlik darajasi - ishsizlik sonining iqtisodiy faol aholi soniga nisbati. 16 va undan yuqori yoshdagilar, lekin ishga ega bo'lmaganlar, faol ish qidirayotganlar, ishni boshlashga tayyor turganlar ishsizlar deb ataladi.
    Ishsizlikning tabiiy darajasi – real va potensial yalpi milliy mahsulotning o‘sishi bir-biriga mos keladigan iqtisodiy rivojlanish davri oraliqlariga xos bo‘lgan ishsizlik darajasi. U iqtisodiy rivojlanishning haqiqiy va strukturaviy ishsizlik ko‘rsatkichlari yig‘indisi sifatida ham hisoblanishi mumkin. Shuningdek, NARU (natural rate of unemloyment) atamasi ishsizlikning o‘smaydigan darajasi ko‘rsatkichi tarzida ham qo‘llaniladi. Bu ko‘rsatkich ijtimoiy jihatdan nisbatan neytral bo‘lib, inflyatsiyaning turg‘un, barqaror darajalari hamda real va potensial yalpi milliy mahsulot (YaMM) mos tushgan holatidagi ishsizlik darajasini aks ettiradi.
    Islohotlar konsepsiyasi - ijtimoiy-iqtisodiy islohotlaming asosiy maqsad va yo‘nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo‘llarining umumiy g‘oyasidir.
    Iste’mol - ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining oxirgi fazasi, ijtimoiy mahsulotdan aholini iqtisodiy talablarini qondirish jarayoni.
    Iste’mol baholari indeksi - iste’mol savatiga kiritilgan tovar va xizmatlar bahosining u yoki bu davrdagi o‘rtacha o'zgarishini ifodalovchi indeks. U odatda Leypeyres formulasi bo'yicha aniqlanadi.
    Iste’mol funksiyasi – jami iste’mol sarfl ari bilan har ma’lum paytda iste’molchi ixtiyoridagi daromadning har xil miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlik. Ma’lum bir paytda iste’molchi ixtiyoridagi daromadning mumkin bo‘lgan har xil darajalaridagi iste’mol sarflari.
    Iste’mol narxlari indeksi (INI) - o’rta darajali iste’molchi tomonidan xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar reprezentativ savati narxlarining o’sishini o’lchaydi.
    Iste’mol savatchasi – ma’lum mollar, xizmatlar yig‘indisini tashkil etib, bu yig‘indi aholi iste’molining tarkibi va darajasini to‘liqroq ifodalaydi.

    Download 146,5 Kb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   108




    Download 146,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov

    Download 146,5 Kb.