|
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi
|
bet | 42/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKIqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi - jamiyat ehtiyoj- Iarining cheksizligi hamda iqtisodiy resurslaming cheklanganligidir.
Iqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali – barcha mavjud resurslardan to‘liq foydalangan holda, ishsizlikning tabiiy darajasi holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo‘lgan mahsulot hajmiga aytiladi.
IS – LM modeli – qisqa muddatli davrda ham tovarlar ham pul bozorida birgalikda muvozanat o‘rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi. Bunda tovarlar bozori deganda ham iste’mol, ham investitsion tovarlar bozori tushuniladi.
Ish haqi - ishlab chiqaruvchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasi.
Ish haqi (wage rate) - foydalanilgan mehnat berilgan pul miqdori yoki narx.
Ish kuchiga sarflangan xarajatlar - ish beruvchilar tomonidan ish kuchini yollash va uni asrash bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar yig'indisi.
Ishbay ish haqi - ishlab chiqargan mahsuloti miqdoriga yoki bajargan ishi hajmiga qarab toianadi.
Ishchi kuchi (mehnat) - insonda mavjud boigan jismoniy va aqliy qobiliyatlar. Ishchi kuchining sarflanishi mehnat jarayonini tashkil qiladi.
Ishchi kuchi bozori - ish kuchining egasi va ish beruvchilar orasidagi ijtimoiy munosabatlar tizimi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish - insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklash va ta’minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o‘sishini ta’minlash, yosh ishchilar avlodini yetkazib berish demakdir.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi - mehnat resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko'chib o‘tishi.
Ishchining nafliligini maksimallashtirish sharti (utility maximization rule) - bo‘sh vaqtni daromad bilan chekli almashtirish normasini ish haqiga tengligi.
Ishlab chiqarish - iste’moli uchun zarur boigan moddiy va ma’naviy ne’matlami yaratishga qaratilgan jarayon.
|
| |