|
Kapital - uzoq muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan resurs.
Kapital eksporti
|
bet | 50/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKKapital - uzoq muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan resurs.
Kapital eksporti – bunda chet mamlakatlarga turli obyektlar qurish va ishga tushirish uchun mablag‘ (kapital) qo‘yiladi.
Kapital qo‘yilmalar - asosiy fondlarni qayta tiklash va o‘sirishga sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslari xarajatlari.
Kapital qurilish - asosiy fondlarni yangi korxona qurish, mavjud korxonalarni qayta tiklash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish yuli bilan yaratish va mukammallashtirish jarayoni.
Kapital sig’imi - asosiy kapitalning mos keluvchi davr mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki uning biron-bir qismini - milliy daromad, sof daromad, foydaga nisbatini tavsiflovchi ko‘rsatkich.
Kapitalni mehnat bilan chekli texnologik almashtirish normasi ikkala ishlab chiqariladigan A va V tovarlar uchun bir xil bo‘lib, ular mehnat narxini kapital narxi nisbatiga teng.
Kasaba uyushmasi - bu ishchilar uyushmasi bo‘lib, u uzining a’zolari nomidan va ko‘rsatmasiga ko‘ra tadbirkorlar bilan muzokara olib borish huquqiga ega tashkilot.
Kassa limiti - korxona kassasida doim bo‘lishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larining summasi. Bu summa kunlik mayda xarajatlar uchun ishlatiladi. Uni bank korxona bilan kelishgan holda shu korxona sharoitini hisobga olib belgilaydi. Limitdan ortiq summadagi mehnat haqini to‘lash uchun bankdan olingan kundan tashqari uch kungacha bo‘lgan muddatda bыlishi mumkin. Nazorat vaqtida kassada sababsiz limitdan ortiqcha pul mablag‘i aniqlansa, 80-schetning kreditiga yoziladi va kassir qoidani buzgan hisoblanadi.
Kassir - kassa pulni qabul qilish, saqlash va berish majburiyati yuklatilgan javobgar shaxs. Kassir yozma ravishda moddiy javobgarlik haqida majburiyatni o‘zining bo‘yniga oladi. Kassir o‘z ishi jarayonida kassa jarayonlari haqidagi nizomga amal qilishi zarur. Pulni qabul qilish va berishda kassir korxona rahbari va bosh buxgalterning imzolari bilan tasdiqlangan hujjatlarga asoslanadi. Kassadagi pul mablag‘lari hisobini kassir kassaning kitobida olib boradi.
|
| |