• Ko‘pchilikka qo‘shilishi samaradorligi
  • Kommivoyajer
  • Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov




    Download 146,5 Kb.
    bet51/108
    Sana18.07.2024
    Hajmi146,5 Kb.
    #267806
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108
    Bog'liq
    Lugat iqtisodiyot UDK

    Kengaytirilgan mahsulot - sotib olish maqsadiga erishishning maksimal ehtimolligini ta’minlash uchun komplektatsiyalangan mahsulot; misol uchun - qo‘shimcha mahsulotlar: dasturiy ta’minot, printer, sotishdan keyingi servis xizmatlari, “ishonch telefoni”.
    Keynscha iqtisodiy nazariya – makroiqtisodiy konsepsiya, unga binoan bozor iqtisodiyoti mustaqil (davlat aralashuvisiz) mavjud resurslaridan samarali foydalana ololmaydi, binobarin davlat iqtisodiyotni tartibga solishga aralashishi zarur. Shuning uchun u mamlakatni to‘la ish bilan bandlikka erishish va iqtisodiyotning; rivojlanishiga ta’sir etish uchun faol fiskal va monetar (pul-kredit) siyosatni olib borishi zarur.
    Klaster - bir xil soha korxonalarini va ular bilan yagona texnologik zanjirda bo‘lgan ta’lim, ilmiy, injenering, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlami uyg‘unlashtirish - innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida raqobatbardosh tovarlar yaratishga yo‘naltirishdan iboratdir.
    Kliring – xalqaro naqd pulsiz hisoblashish shakli bo‘lib, bunda davlatlar bir-biriga qarzini o‘zaro qarama-qarshi to‘lov majburiyatlari vositasida to‘laydi.
    Ko‘pchilikka qo‘shilishi samaradorligi - bu iste’mol talabni o‘sish samarasi bo‘lib, ko‘pchilik sotib oladigan tovarni umumiy qabul qilingan me’yorlarga ko‘ra sotib olish.
    Koldora - Xijs mezoni - turmush farovonligi mezoni bo‘lib, unga ko‘ra yutganlar o‘z yutug‘ini boy berganlarning yo‘qotishidan yuqori deb baholasa.
    Kombinatsiyalash - bitta korxona - kombinat doirasida sanoatning bitta yoki bir nechta tarmoqlaridagi turli xil ishlab chiqarishlarni texnologik jihatdan birlashtirishda ifodalanuvchi, ishlab chiqarishni umumlashtirish shakllaridan biri.
    Komission – uchinchi shaxs vositasida sotib olinadigan va sotiladigan narsalar; komission savdo korxonalari yoki komissionerlar vositachilik ishi uchun ma’lum haq, mukofot oladilar.
    Kommivoyajer - bu o‘zida mavjud bo‘lgan tovarlarni nusxalari, kataloglari bo‘yicha xaridorlarga tavsiya etuvchi, korxonaning yo’lovchi agentidir. Uning asosiy ishi, korxonaning potentsial iste’molchilari bilan bevosita ularning xududida aloqada bo‘lishdir. Kommivoyajer korxona mahsulotlariga buyurtmachilarni (iste’molchilarni) topish bilan shug‘ullanadi, ammo lekin, bevosita o‘zi korxona nomidan bitimlarni tuzish xuquqiga ega emasdir. Agentlar va dilerlardan farqli ularoq, kommivoyajer yuridik shaxs bo‘lib hisoblanmaydi.

    Download 146,5 Kb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108




    Download 146,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov

    Download 146,5 Kb.