|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 54/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKKorxonaning optimal hajmi - mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha imzolangan shartnoma va majburiyatlarni o‘z muddatida, eng kam xarajatlar bilan eng yuqori samaradorlikka erishgan holda bajarish imkonini beruvchi korxona hajmi.
Korxonaning tijorat sirlari- korxonaning ishlab chiqarish, texnologiyalar, boshqaruv va boshqa turdagi faoliyati bilan bog’liq, oshkor qilinishi korxona manfaatlariga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan, davlat sirlariga aloqasi bo‘lmagan ma’lumotlar.
Kouz teoremasi – agar mulk huquqi aniq tafsirlangan bo‘lsa, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektlar huquqlarining chegaralari aniq belgilangan bo‘lsa va ijro etilsa, u holda tomonlar o‘rtasidagi ushbu mulkdan foydalanishdan yetkazilgan zararlar bo‘yicha ixtilofli masalani uchinchi tomon (davlat)ni jalb etmagan holda hal etish mumkin, chunki mazkur holatda tranzaksiya xarajatlari kam bo‘ladi.
Kredit - olingan resurslami foiz bilan qaytarish va o ‘mini qoplash asosida vaqtincha foydalanish uchun berish. Kreditlash usullaridan biri sifatida ssudani keltirish mumkin.
Kredit inflyasiyasi - ortiqcha kredit ekspansiyasi tufayli yuzaga keladi.
Kreditorlik qarzlari - ma’lum bir korxonaning boshqa bir korxona (tashkilot, muassasa)ga va aloщida jismoniy shaxslarga bo‘lgan qarz summalari. Bu korxona va shaxslar kreditorlar hisoblanadi. Kreditorlik qarzlarining vujuda kelishi sababi, xaridor va mol yetkazib beruvchi o‘rtasidagi hisob-kitoblar usuliga (xaridor tomonidan to‘lov tovarlar kelib tushgandan so‘ng amalga oshirilganda) yoki korxona tomonidan to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilmasligidir. Korxonada bir vaqtning o‘zida ham kreditorlik, ham debetorlik qarzlari uchunga kelishi mumkin. Biroq kreditorlik qarzlari debitorlik qarzlaridan oshib ketmasligi lozim.
Kurno muvozanati - duopolik bozorda har bir firma mustaqil ravishda shunday optimal ishlab chiqarish hajmini tanlaydiki ushbu mahsulot hajmi ikkinchi firmani qanoatlantiradi. Kurno muvozanati firmalarning aks ta’sir qiluvchi funksiyalari grafiklarining kesishish nuqtasida vujudga keladi.
|
| |