|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 52/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKKommunikativ siyosat - 1) korxonaning istikboldagi harakatlar kursi hamda talabni shakllantirish, iste’molchilar ehtiyojini qondirish va foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarni bozorga olib kirish bo‘yicha samarali va barqaror faoliyatni ta’minlovchi marketing tizimining barcha sub’ektlari bilan o‘zaro harakatlarni tashkil etish va kommuniqativ vositalar (kommuniqativ miks) majmuasidan foydalanish rategiyasining mavjudli. 2) rag‘batlantirish majmuasini ishlab chiqish, ya’ni biznes - hamkorliklarning o‘zaro aloqalari samarali bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha, tadbirlar, reklamani tashkil etish, savdoni rag‘batlantirish usullari, jamoatchilik bilan aloqa va shu kabilar.
Kompaniya - tadbirkorlarning huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan, pay kapitali asosida tashkil qilinuvchi birlashmasi.
Kon’yuktura – xo‘jalikning ma’lum davridagi holatini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar to‘plami.
Kon’yunktura - bu bozorda ma’lum bir vaqtda yuzaga kelgan iqtisodiy holatdir (asosan talab hamda taklif nisbati va u bilan bog‘liq bo‘lgan narxlar darajasi orqali yuzaga keladi).
Konfiskasiya – majburiy holda mulkning jami yoki bir qismini musodara qilish va davlat ixtiyoriga o‘tkazish.
Konglomerat diversifikatsiya - firma assortimentini na firmada qo‘llanayotgan texnologiyalarga, na ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga, na hozirgi bozorga xech qanday aloqasi bulmagan mahsulotlar bilan tuldirish.
Konsalting kompaniyasi - bozomi tadqiq etish va bashoratlash, marketing tadqiqotlarini ishlab chiqish, loyihalar samaradorligini baholash, tashkiliy tuzilmalami qaytadan barpo etish va tashkil etish, inqirozli vaziyatlardan chiqish yoilarini izlab topish, obyektlar qiymatini baholash va shu kabilar bo‘yicha xizmatlami bajaruvchi kompaniya.
Konsern – bu ishlab chiqarish diversifikasiyasi, ya’ni korxonalarning faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yirik ko‘p tarmoqli korporasiya.
Konservatorlar - mavjud institutlaming saqlab qolishga intiluvchi, amaldagi eski turdagi texnika va texnologiyalardan foydalangan holda mahsulotlami ishlab chiqaruvchilar.
Konsessiya – milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni o‘zlashtirish maqsadida davlat yoki munitsipalitetga qarashli er uchastkalari, qazilma boyliklari, mol-mulk, korxonalar va boshqa xo‘jalik ob’ektlarini muayyan muddatga va shartlar bilan foydalanish uchun chet ellik investorga davlat nomidan beriladigan ruxsatnoma, ular bilan tuziladigan shartnoma yoki kelishuv.
Konsignator - tovarlarning egasi bo‘lmasada, tovarlari mavjud bqlib, asosan, komission boshlang‘ich bosqichida faoliyat yuritadi. O‘z idorasi, shuningdek, qabul qilish, qayta ishlash va tovarlarni sotish binosiga ega bo‘ladi.
Konsignatsiya - tovarlarni xorijga sotishning komission shakli bo‘lib, unga ko‘ra tovarlarning egasi (konsignant) u yerdagi o‘z komissioneriga (konsignatoriga) tovarlar partiyasini sotish uchun jo‘natadi.
|
| |