|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 60/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKMarketing faoliyati - 1) tadbirkorlik soxasida bajariladigan ishlar va vazifalar turi; 2) talabni shakllantirish va takror ishlab chiqarish, firmaning foyda olishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriluvchi marketing funktsiyalari (marketing tadqiqotlari, savdo, narxning xosil bo‘lishi, tovarni etkazib berish, marketing razvedqasi, bengmarketing va x.k.) bilan bog’liq faoliyat; 3) bozor iktisodiyotida takror ishlab chiqarish zanjirining barcha buginlarida marketing vositalari va falsafasini qo‘llash jarayonini qamrab oluvchi hamda tovar yoki xizmat talabni qondirish va foyda keltirish uchun nimani, qaerda, qancha va qanday qilib ishlab chiqarish lozim degan savollarga javob berishga imkon beruvchi xar qandan faoliyat.
Marketing faoliyatining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing faoliyatining oralik va yakuniy maqsadlarini amalga oshirishga javob beruvchi nisbatan ko‘p turli (marketing jarayonining barcha bosqichlari bo‘yicha) natija; 2) marketing faoliyatini amalga oshirish samarasining (natijasi) bu jarayonda sarflanuvchi barcha xarajatlarga nisbati; 3) marketing faoliyati bilan bog’liq xarajatlar qaytimi, natural yoki kiymat (narx) shaklida aks ettirilgan natija va samaraning marketing faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha (moddiy-texnik mexnat va xoqazo) resurslarga nisbati yordamida baholanadi.
Marketing jarayoni - yangi ehtiyoj va goyalarni izlab topish, tanlash va ularni tovar yoki xizmatga aylantirish, bu tovarlarni izlab chiqish va bozorlarda yoki savdo Taqsimot tarmoqlariga sotish bilan bog‘liq harakatlar va bosqichlarning tartibga solingan majmui.
Marketing kommuniqatsiyalari tizimi - 1) marketing tizimining tashqi muhit bilan o‘zaro aloqalari jarayonida sub’ektlar (jo‘natuvchi va qabul kiluvchi), vositalar, kanallar, to‘g’ri (xabar) va tesqari (qabul kiluvchining taxriri) aloqalar majmui; 2) insonlar urtasidagi o‘zaro aloqa shakl va vositalari majmui.
Marketing kontseptsiyasi - 1) bozor munosabati sharoitlarida faoliyat ko‘rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni tashkil etish falsafasi; 2) korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy vositalari, koida va goyalari tizimi. Atrofdagi aniq holatga, bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga qarab an’anaviy, ishlab chiqarish, savdo. Tovar, ijtimoiy va servis kontseptsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Marketing- korxona faoliyatini tashkil etish tizimi, bozorni, bozor ehtiyojlariga muvofiq keladigan tovarlarni ishlab chiqarish, ularning sotish bozoriga harakatlanishini har tomonlama o‘rganishga asoslanadi; nazariyaning bir bo‘limi,keng ma’noda tovarlarni sotish muammolarini tadqiq etadi.
|
| |