|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 58/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKMakroiqtisodiy prognozlash - iqtisodiy hodisalarni bilishning ilmiy usullariga va iqtisodiy prognostikaning usullari, vositalari va uslublari yig’indisidan foydalanishga asoslangan makroiqtisodiy prognozlarni ishlab chiqish jarayoni hisoblanadi.
Makroiqtisodiy tahlil – makroiqtisodiy tahlilda jamiyat miqyosida yuz beradigan iqtisodiy jarayonlarning kechishi harakati tahlil etiladi. Makroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotda o‘ziga xos bo‘lgan faoliyat ko‘rsatish va rivojlanish qonuniyatlariga ega bo‘lgan xususiy, davlat va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ishsizlik, inflyatsiya, moliya-kredit tizimi, iqtisodiy o‘sish kabi muammolari bitta turkum sifatida olib o‘rganiladi.
Makroiqtisodiyot - ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot uning alohida sektorlari va jahon xo'jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.
Makromuhit - firmaning marketing muhiti tarkibiy qismi, ijtimoiy jixatdan mikromuhitga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchlarga qaraganda keng ifodalanuvchi omillar, masalan, demografik, iqtisodiy, tabiiy, texnik, siyosiy va madaniy omillar.
Mamlakatning innovatsion salohiyati - bir tomondan, innovatsion faoliyatni tashkil etish uchun muhim boigan mamlakatdagi mavjud yalpi resurslami, ikkinchi tomondan – takror ishlab chiqarish jarayonida innovatsion faoliyatni tashkil etish, barcha innovatsion imkoniyatlami turli xo‘jalik subyektlari faoliyatida iqtisodiy munosabatlar tizimini shakllanishidan iborat bo‘ladi.
Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifodalovchi umumlashgan ko‘rsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy invetsiniyalar yig‘indisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh. k. jami xo‘jalik bo‘yicha jamlanma, umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar Makroiqtisodiyot o‘rganadigan obyektlar hisoblanadi.
Mamlakatning iqtisodiy hududi - shu mamlakat hukumati tomonidan boshqariladigan hudud bo'lib, uning chegarasida fuqarolar, tovarlar va kapitallar erkin harakat qila oladi.
Maqsadli bozor - u yoki bu mahsulotni sotish bozorini tadqiq etish natijasida tanlangan, marketing xarajatlarining minimalligi bilan tavsiflanuvchi va firma faoliyati natijalarining asosiy ulushini (qismini) ta’minlovchi bozor.
|
| |