|
Marketing majmuasi (marketing - miks)
|
bet | 61/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKMarketing majmuasi (marketing - miks) - marketing retsepti, undan foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar eo‘tiyojlarini qondirish va atrof-muo‘itdagi o‘zgarishlarga moslashishda eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishishga imkon beradi. Eng sodda marketing retsepti tovar, narx, savdo va kommuniqatsiya siyosati soxasida (4R:Rroduct, Price, Plase, Promotion) muvofiklashtirilgan chora-tadbirlar utqazishni talab qiladi.
Marketing modellari - 1) foyda olish yoki uni utsirish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni yaratish va takror ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro aloqalar jarayonida marketing tizimi sub’ektlari xulk-atvorini ko‘rsatish, sifat va sonlar jixatidan aks ettirish shakli; 2) marketing tizimini loyio‘alashtirish, rejalashtirish, tashkil etish, faoliyat ko‘rsatish va rivojlanishda marketing muo‘iti va sub’ektlarining funksional, sabab-oqibat va resurs aloqalarini ifodalovchi va aks ettiruvchi (imitatsiya, regressiya, korrelyatsiya va x.k.) modellar majmui; 3) marketing-miks yoki uning tarkibiy qismlari modellari (tovar siyosati modeli, narx xosil bo‘lish modeli, reklama modeli va x.k.).
Marketing o‘zaro aloqalari - 1) xizmat ko‘rsatish tadbirkorligining tovar xayotiylik davrining xar bir bosqichida barcha bozor sub’ektlari bilan aloqalarni rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish jarayonida barcha faoliyat turlari va resurslarni qamrab olishga yunaltirilgan itsikbolli kontseptsiyasi. Mijoz bilan uzoq muddatli o‘zaro munosabatlarga va bitimda ishtirok yetuvchi tomolar maqsadlarini qondirishga yunaltirilgan kontseptsiya; 2) bajarish ma’suliyatini taqsimlash va kengaytirish tamoyillari bo‘yicha marketingni tashkil etish usuli.
Marketing operatsiyalari tadqiqoti - 1) marketing qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish tizimida foydalaniluvchi usullar (matematik dasurlashtirish, uyinlar nazariyasi, qarorlar nazariyasi, tasvirlarni tanib olish nazariyasi va xoqazo) yigindisi; 2) “boshqa usullar yordamida bundan ham yomon javob beriladigan amaliy savollarga yomon javob berish san’ati” (T.A.Saati, operatsiyalar tadqiqoti soxasidagi Amerikalik mutaxassis)
|
| |