|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 69/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKMulk obyektlari - bu mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk sub’ektlari – bu mulk ob’ektining o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
Mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi.
Mulkka egalik qilish – mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishining ijtimoiy shaklini ifodalaydi.
Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Muomala xarajatlari - tovar ayirboshlanish jarayoni bilan bog‘liq xarajatlar bo‘lib, uning turlari mavjuddir: oldi-sotdi jarayonidagi xarajatlar va muomala jarayonida ishlab chiqarish sohasini davom ettirish bilan bog‘liq xarajatlar.
Muqobil narx — bu bir birlik tovarning ishlab chiqarishga sarfl anadigan xarajatning ikkinchi tovarni ishlab chiqarishga zarur bo‘lgan xarajat orqali ifodalanishidir.
Mutlaq afzallik — mamlakatlar mutlaq afzallikka ega bo‘lgan (tannarxi pastroq bolgan) tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ularni eksport qilishadi, boshqa tovarlarni (boshqa mamlakatlar mutlaq afzallikka ega tovarlarni) esa import qilishadi.
Mutlaq ustunlik nazariyasi – mamlakatlar mutlaq ustunlik sharoitida kam xarajatlar bilan ishlab chiqarilgan tovarlarni eksport qilishadi va boshqa mamlakatlarda mutlaq ustunlik sharoitida kam xarajatlar bilan ishlab chiqarilgan tovarlarni import qilishadi.
Muvozanat narx (equilibrium price) - talab bilan taklifni tenglashtiruvchi narx. Muvozanat narxga tugri keladigan tovar miqdoriga muvozanat mahsulot miqdori deyiladi.
N
Naflik funksiyasi - iste’mol qilingan ne’matlar mikdoriniig o‘zgarishi natijasida olinadigan naflikni
Naflilik – tovarlarning kishilarning biron-bir iste’molini qondirish layoqati.
|
| |