• Natural ishlab chiqarish
  • Nisbiy afzallik
  • Nizom (usav)
  • Nodiskretsion fiskal siyosat
  • Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov




    Download 146,5 Kb.
    bet70/108
    Sana18.07.2024
    Hajmi146,5 Kb.
    #267806
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108
    Bog'liq
    Lugat iqtisodiyot UDK

    Narx - bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarga talab va taklif, ular qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi mujassamlashishidir.
    Narx diapazoni – narxlar oralig‘idagi farqning puldagi ifodasi.
    Narx diskreminatsiyasi (price discremination) - bunda firma bir xil tovarni xar xil narxda sotib olish imkoniyati xar xil bo‘lgan xaridorlarga sotadi.
    Narx- tovar birligi uchun to‘lanadigan pul miqdori; tovar birligining pulda ifodalangan qiymati.
    Natural ishlab chiqarish - bunda mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish, ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun mo'ljallanadi.
    Nesh bo‘yicha muvozanat - o‘yinchilarning hech biri o‘z harakatlari rejasini o‘zgartirgan holda o‘z yutug‘ini bir tomonlama oshira olmaydigan vaziyat.
    Nisbiy afzallik — agar mamlakat boshqa mamlakatga nisbatan kam xarajatlar bilan ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashsa, o‘zaro savdo ikkala mamlakat uchun ham foydali bo‘ladi.
    Nisbiy ustunlik nazariyasi – agar mamlakat boshqa mamlakatga nisbatan kam xarajatlar bilan ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashsa, o‘zaro savdo ikkala mamlakat uchun ham foydali bo‘ladi. Bunda ishlab chiqarish bo‘yicha Mutlaq ustunlik bo‘lishi shart emas.
    Nizom (usav) - korxonani tashkil qilishning qonuniyligini tasdiqlovchi, korxona xarakteri va faoliyat turi, qoidalari, a’zolar o‘rtasidagi munosabatlar va hokazolarni o‘z ichiga oluvchi rasmiy hujjat.
    Noaniqlik - axborotlar yetarli, to‘liq. bo‘lmaganda qabul qilingan qarorlarda noaniqlik vujudga keladi. Noaniqlik sharoitida qabul qilingan qarorlar natijasida tavakkalchilik vujudga keladi.
    Nodiskretsion fiskal siyosat – iqtisodiy kon’yunkturani o‘zgartirish sababli davlat budjeti sarflari va soliqlarning nisbiy darajalaridagi avtomatik o‘zgarishlari. Avtomatik deganda shunday iqtisodiy mexanizm tushuniladiki, u iqtisodiy ahvolning o‘zgarishiga tezda javob qaytaradi, bunda hukumat hech qanday choralar ko‘rmaydi Unga birinchidan soliq tushumlarining o‘zgarishi kiradi. Soliqlar miqdori esa daromadlarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun yalpi milliy mahsulotning o‘sishi sharoitida, ya’ni iqtisodiyotning ko‘tarilishi sharoitida soliq tushumlari avtomatik tarzda oshib boradi, bu esa sotib olish qobiliyatining pasayishi va iqtisodiy o‘sishini to‘xtatib turadi.

    Download 146,5 Kb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108




    Download 146,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov

    Download 146,5 Kb.