|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 78/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKPul-kredit siyosati – to‘la bandlik sharoitida jami mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o‘zgartirish tushuniladi. Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini amalga oshiradi. Deyarli hamma mamlakatlarda muomaladagi pul miqdorini tartibga solishda quyidagi vositalardan foydalaniladi: a) ochiq bozorda operatsiyalar; b) hisob-kitob stavkasi siyosati; d) bank majburiy zaxiralarining me’yorini o‘zgartirish siyosati. 2. Pullar, talab qilinganda beriladigan omonatlar, chek ko‘rinishidagi omonatlar, shuningdek, (pul taklif ning bir oz keng ma’nodagi ta’rifl arida) muddatli omonatlar, depozitlar va hokazolar.
Q
Qarz-kredit kapitali – bank, byudjet, moliya muassasalari yoki boshqa korxonalarlan olinadigan kreditlar, chiqariladigan obligasiyalar evaziga shakllanadi.
Qashshoqlik – bu holda tovarlarni iste’mol qilish ishchi kuchi ta’minotini ta’minlash uchun yetarli bo‘lgan darajada.
Qayta tiklash - mavjud ishlab chiqarishni texnik va tashkilish takomillashtirish, asosiy fondlarni kompleks ravishda yangilash va zamonaviylashtirish asosida to‘liq qayta qurish jarayoni.
Qаyd etilgаn vаlyutа kursi – Mаrkаziy bаnk tоmоnidаn vаlyutа intеrvеntsiyasi yordаmidа tа’minlаb turilаdigаn vаlyutа kursi.
Qishloq ijtimoiy infratuzilmasi – odamlar yashash va turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar.
Qo‘poruvchi innovatsiyalar - mahsulot narxining qimmatligi yoki foydalanishning qiyinligi bois, oldin bunday mahsulotlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmagan iste’molchilarga mazkur mahsulotlardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Qo‘shilgan kapital - ishlab chiqarishda mavjud band boigan kapital miqdori ustiga yangi qo'shimcha ravishda sarflangan kapital, boshqacha qilib aytganda kapital miqdorining o‘sgan qismi.
Qo‘shilgan mahsulot – ishchi va xizmatchilarning qo‘shimcha ish vaqtida yaratilgan bo‘lib, sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan oshiqcha qismidir. Qo‘shimcha mahsulot tadbirkorlarga, mulkdorlarga va davlatga tegishlidir.
|
| |