• Potensial mahsulot
  • Preferensiya
  • Proteksionizm (protectionism)
  • Pul agregatlari
  • Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov




    Download 146,5 Kb.
    bet75/108
    Sana18.07.2024
    Hajmi146,5 Kb.
    #267806
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   108
    Bog'liq
    Lugat iqtisodiyot UDK

    Pirovard mahsulot - ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va unumli iste’mol qilishga tayyor bo‘lgan mahsulotlar.
    Portfel investitsiyalari (portfolio investments)- mahalliy valyutada to‘lanadigan, xorijda aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni xarid qilishga doir moliyaviy operatsiya. Portfel investitsiyalari xatar darajasini sarmoyali diversifikatsiyalash hisobiga pasaytiradi., lekin investorga xarid qilingan mulk ustidan amaldagi nazoratni bermaydi.
    Potensial mahsulot - bozorga ushbu mahsulotga o’xshash tovarlaming kirib kelishi asnosida mahsulotni takomillashtirish potensiali, foydalanuvchilaming iltimoslariga ko‘ra mahsulotga sezilarli o‘zgartirishlar kiritib boriladi.
    Potensial YalM — to'liq bandlilik sharoitida yoki mavjud sarmoya resurslari va ishchi kuchidan to'liq foydalanish hisobiga erishilishi mumkin bo'lgan ishlab chiqarish hajmi.
    Preferensiya – iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar.
    Prognoz - kelajakda ob’ektning ehtimol holatlari, muqobil yo’llari va ularni amalga oshirish muddatlari to’g’risida ilmiy asoslangan fikr-mulohazalarning miqdori tushuniladi.
    Proteksionizm (protectionism) – ichki bozorni chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida tovar va xizmatlar xalqaro oqimlari yo‘liga davlat tomonidan joiy etiladigan cheklovlar tizimi.
    Psevdoinnovatsiyalar - bu mahsulot yoki jarayonlaming iste’mol tavsiflarini o‘zgartirmagan holda, ulaming tashqi ko'rinishlarini o‘zgartirishdir.
    Pul – hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent bo‘lgan maxsus tovar, bozor iqtisodiyotining asosiy vositasi. Pul bozor yuzaga kelishi va rivojlanishining mahsulidir. Pul kelib chiqish tarixi va tabiatiga ko‘ra 3 xil xususiyatga ega: a) hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim xarid vositasi; b) boylik timsoli; c) mehnatni qiymat shaklida o‘lchab boradigan vosita.
    Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o‘lchash imkoniyatini beruvchi ko‘rsatkichlardir. Jamg‘arila borib xarid qobiliyatini saqlovchi barcha pul vositalari pul agregati deb ataladi. Bunga naqd pullar, ma’lum muddatga yoki muddatsiz bankka qo‘yilgan pullar, sertif katlar va boshqalar kiradi. Pul muammosini muqobil o‘lchovchi hisoblanadi. Hozirda quyidagi pul agregatlari farqlanadi: M1 – pullar, unga naqd pullar (metall va qog‘oz pullar), chekli qoyilmalar, gohida kredit kartochkalari kiradi. M2 – pullar, unga M1 – cheksiz jamg‘arma hisoblaridagi qo‘yilmalar, qisqa muddatli qo‘yilmalar kiradi. M3 – pullar, unga M2 muddatli yirik qo‘yilmalar kiradi.

    Download 146,5 Kb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   108




    Download 146,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov

    Download 146,5 Kb.