• Pulga umumiy talab
  • Pulning muomala tezligi
  • Pul sektori - iqtisodiyotni moliyaviy xizmatlar bilan ta’minovchi sektordir. Pul tizimi




    Download 146,5 Kb.
    bet77/108
    Sana18.07.2024
    Hajmi146,5 Kb.
    #267806
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   108
    Bog'liq
    Lugat iqtisodiyot UDK

    Pul sektori - iqtisodiyotni moliyaviy xizmatlar bilan ta’minovchi sektordir.
    Pul tizimi – tovar muomilasi rivojlanishining natijasi bo‘lib, davlatlar tomonidan qonunchilik asosida mamlakatda pul muomilasini tashkil etish.
    Pulgа bo’lgаn tаlаb – uy хo’jаliklаri vа firmаlаr tоmоnidаn bitimlаrdа to’lоv vоsitаsi sifаtidа fоydаlаnish, ko’zdа tutilmаgаn хаrаjаtlаr uchun sаqlаb turish, mоliyaviy аktivlаr sifаtidа fоydаlаnib dаrоmаd оlish uchun jаmg’аrish mаqsаdidа egа bo’lishgа intilgаn pul miqdоri.
    Pulga umumiy talab – bitimlar uchun pul va aktivlar tomonidan pullarga talab summasi (qarang: pul bozori).
    Pulning aylanish tezligi – muomaladagi pul birligining yiliga necha marta tovarlarni sotib olishga xizmat qilishi soni.
    Pulning miqdоriy nаzаriyasi – pul tаklifi vа iqtisоdiyotdаgi bаhоlаrning umumiy dаrаjаsi o’rtаsidаgi to’g’ridаn-to’g’ri bоg’liqlikni o’rnаtuvchi nаzаriya. Birinchi bоr ingliz fаylаsufi vа iqtisоdchisi D.Yum tоmоnidаn XVIII аsrdа ilgаri surildi, аmеrikаlik iqtisоdchi I. Fishеr tоmоnidаn 1911 yildа rivоjlаntirildi vа kеyinchаlik Kеbrij univеrsitеti iqtisоdchilаri tоmоnidаn tаkоmillаshtirildi.
    Pulning muomala tezligi – yil davomida bir so‘m (dollar, frank va hokazo)ning o‘rtacha necha marta tovar va xizmatlar sotib olishga sarfl anganligini ko‘rsatuvchi son.
    Pulning qadrsizlanishi – xarid quvvatining pasayishi (qarang: inflyatsiya).
    Pulning vazifalari – pul vositachiligida bajarilishi mumkin bo‘lgan tadbirlar bo‘lib, ular 5 tani tashkil etadi: a) tovarlarning qiymat o‘lchovi vazifasi, ya’ni barcha tovarlarda gavdalangan mehnat miqdori pul orqali o‘lchanadi; b) muomala vositasi vazifasi, ya’ni tovarlar oldi-sotdi qilinishi muomalasi pul vositasida amalga oshiriladi; d) jamg‘arish, xazina to‘plash vositasi vazifasi, ya’ni o‘zida mehnatni gavdalantirgani uchun boylikning umumiy shakliga aylanadi va kishilar ehtiyojlaridan ortiqcha pullarni jamg‘ara boshlaydilar. Lekin pulning boylik sifatida jamg‘arilishi uchun uning qadri, xarid quvvatining saqlanishi muhim ahamiyatga ega; e) to‘lov vositasi vazifasi, nasiyaga sotilgan tovarlar va xizmatlar haqi to‘langan pul to‘lov vositasi vazifasini bajaradi; f) jahon puli vazifasini, tovarlar muomalasi bir mamlakat doirasidan chiqa boshlashi va xalqaro savdoning yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Jahon puli vazifasini oltin, u bilan bir qatorda konvertlangan valutalar ham bajaradi.

    Download 146,5 Kb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   108




    Download 146,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pul sektori - iqtisodiyotni moliyaviy xizmatlar bilan ta’minovchi sektordir. Pul tizimi

    Download 146,5 Kb.