• Sug‘urta xatari
  • Shartnomalar chizig‘i
  • Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov




    Download 146,5 Kb.
    bet85/108
    Sana18.07.2024
    Hajmi146,5 Kb.
    #267806
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   108
    Bog'liq
    Lugat iqtisodiyot UDK

    Strategik rejalashtirish - bozordagi vaziyat va korxonaning potensial imkoniyatlari bilan korxona maqsadlarining strategic jihatdan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash va yaratish borasidagi boshqaruv jarayoni va shuningdek, uzoq muddatli istiqbol uchun korxona moliyaviy faoliyatini bashoratlash. Savdo texnologiyasi - ma’lum bir usul va vositalardan foydalanish asnosida tovarlar harakatini tashkil etish va tovarlami sotishda parallel ravishda yoki ketma-ketlikda bajariluvchi operatsiya va amaliyotlaming umumiyligi.
    Subsidiya – muhtoj xo‘jaliklarga alohiga yordam ko‘rsatish uchun davlat iqtisodiy sarfl arining turi. Dotatsiya subsidiyaning bir turi hisoblanadi. U iqtisodiyotni tartibga solish vositasi bo‘lib, uning maqsadi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda moliyaviy yordam ko‘rsatishdir. Masalan, o‘ta muhim ilmiy-texnikaviy ishlar, ekologik muammolarni hal etishda qatnashadigan korxonalar, eksportni ko‘paytirish yoki kamaytirish uchun tovarlar zaxirasini hosil etishda subsidiyalardan foydalaniladi. Subsidiya ikki yo‘l bilan berilishi mumkin: a) bevosita budjetdan qaytarib bermaslik sharti bilan pul ajratish; b) davlat tomonidan har xil imtiyozlar berish (soliq va bojlarni kamaytirish, davlat tomonidan kamaytirilgan stavkada qarz berish va boshqalar).
    Sug‘urta- sug‘urtalovchining pul badallari hisobiga maqsadli sug‘urta fondini shakllantirish va undan zararni qoplash va sug‘urta summalarini to‘lash uchun foydalanishiga doir iqtisodiy munosabatlar majmui.
    Sug‘urta xatari - zararning yuzaga kelish ehtimoli.


    Sh
    Shartnoma- taraflarning huquq va majburiyatlari, bitimni amalga oshrish shartlari, muddati va hokazolarni belgilaydigan asosiy xo‘jalik, tijorat hujjati. Oldi-sotti, kredit, sug‘urta, pudrat, marketing ishlarini o‘tkazishga oid va hokazo shartnomalar ayniqsa keng tarqalgan.
    Shartnomalar chizig‘i - 2 iste’molchi o‘rtasida ikkita nematning samarali taqsimlanish variantlarini ifodalovchi chiziq.

    Download 146,5 Kb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   108




    Download 146,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov

    Download 146,5 Kb.