• Texnologik jarayon
  • Texnologik tavakkalchilik
  • Texnologiya (technology)
  • Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov




    Download 146,5 Kb.
    bet93/108
    Sana18.07.2024
    Hajmi146,5 Kb.
    #267806
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   108
    Bog'liq
    Lugat iqtisodiyot UDK

    Texnologik bashoratlash - texnologik jarayonlar va asbobuskunalar, buyumlaming iste’mol xususiyatlari va shuningdek ishlab chiqarish xarajatlaridagi tegishli o‘zgarishlaming kelgusida qay tarzda o'zgarishi aniqlab beriluvchi jarayon.
    Texnologik bilimlar – bu ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan eng yaxshi usullarni tushunib yetishdir. Texnologik bilimlarning inson kapitalidan farqi shundaki, texnologik bilimlar bu usullarni ishlab chiqish va tushunishni ifodalaydi (qanday ishlab chiqarish kerak degan savolga javob beradi), inson kapitalida esa bu usullami insonlar (ishchi kuchi) tomonidan egallay olish darajasi, bilimlarni mehnat ko‘nikmalariga aylantirish tushuniladi.
    Texnologik jarayon - ishlaming ma’lum bir turini bajarish uchun zarur bo‘lgan texnologik operatsiyalaming ketma-ketligi.
    Texnologik jihatdan yangi mahsulot (radikal mahsuldor innovatsiya) - bu texnologik tavsiflari (funksional xususiyatlari, konstruktiv yechimlari, shuningdek foydalanilgan materiallar va tarkibiy qismlar) yoki maqsadli ishlatilishi jihatidan ilgari ishlab chiqarilgan shu kabi mahsulotlardan tubdan yangi yoki sezilarli darajada farq qiluvchi mahsulotdir.
    Texnologik tavakkalchilik - ijtimoiy va ekologik muhitning sifat o‘zgarishlari bilan bog‘liq boigan ishlab chiqarish jarayoni natijalari va ayni chog‘da mazkur jarayonning o‘zining ham inson salomatligi va tabiiy muhitga salbiy ta’sirining barcha ko‘rinishlari.
    Texnologik turtki gipotezasi - har bir texnologiya rivojlanishining ma’lum bir chegarasi mavjud boiib, texnologiya ana shu chegaraga yetganda o‘zining barcha imkoniyatlarini tolaligicha sarflab boiadi va korxonaning mazkur texnologiya asosida o‘z ishlab chiqarish samaradorligini oshirish salohiyati deyarli yo‘qqa chiqadi. Mazkur holatda korxonalar raqobatli bozor muhitida yashab qolishlari uchun o‘z qollarida mavjud texnologiyalaming eng samaralisini tanlashga majbur boladilar.
    Texnologiya (technology)- ishlab chiqarish omili, iqtisodiy nazariyada texnologik jihatdan qo‘llaniladigan bilimlar majmui.

    Download 146,5 Kb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   108




    Download 146,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov

    Download 146,5 Kb.