|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 95/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKTijorat krediti - bu korxonalar, tadbirkorlar va boshqa xo’jalik subyektlarining bir-biriga beradigan qarzlari.
Tizimli ahamiyatga molik bank – bank tizimining barqarorligi qaysi bankning faoliyatiga bog‘liq bo‘lsa, o‘sha bank tushiniladi; o‘z hajmi, murakkabligi va tizimli o‘zaro bog‘liqligi natijasida nazorat qilib bo‘lmaydigan muvaffaqiyatsizligi butun bank tizimi hamda iqtisodiy faoliyatda jiddiy uzilishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan banklardir.
Tizimli ahamiyatga molik banklar uchun kapital buferi – tizimli ahamiyatga molik deb topilgan banklarning faoliyati davomida yuzaga kelishi kelishi mumkin bo‘lgan shok yoki yo‘qotishlarga bardoshliligini oshirish maqsadida kapitalga qo‘shimcha talablar joriy etilishidir. Tizimli ahamiyatga ega bo‘lgan banklarning to‘lov qobiliyati yuqoriligi nafaqat moliyaviy tizimining, balki umuman iqtisodiyotning barqarorligi va xavfsizligini mustahkamlaydi.
Tizimli xatar – umumiy moliya tizimida yoki uning ma’lum bir sektorida jiddiy muvaffaqiyatsizlik natijasida yuzaga keladigan va real iqtisodiyot uchun jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishdagi keng miqyosdagi uzilishlar xavfi. Makroprudensial chora-tadbirlar qo‘llashdan asosiy ko‘zlangan maqsad tizimli xatarlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini yumshatish orqali moliyaviy inqirozlarning yuzaga kelish davriyligi va keskinligini kamaytirish hisoblanadi. Tizimli xatarlar odatda ikki xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: tarkibiy va davriy tizimli xatarlar.
Tizimli xatar buferi – kontrsiklik kapital buferi yoki tizimli ahamiyatga molik banklar uchun kapital buferlari kabi makroprudesial vositalar orqali qamrab olinmagan tizimli xatarlar mavjud bo‘lganda, ularni bartaraf etishga qaratilgan vosita. Mazkur bufer umumiy darajadagi tizimli xatarlarni yoki bank tavakkalchiliklari to‘plamlariga bog‘langan xatarlarni bartaraf qilish uchun ishlatilishi mumkin.
To‘g‘ri mahsulot - bu iste’molchining ehtiyojlarini qondira oladigan, raqobatlashayotgan mahsulotga nisbatan yaxshilangan qadr- qiymatga ega boigan, joriy xarajatlami qoplash uchun daromadlarga ega bolish va yetarlicha foyda olish imkonini beruvchi mahsulotdir.
|
| |