|
Xalqaro makroiqtisodiyot (international macroeconomics) -
|
bet | 103/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKXalqaro makroiqtisodiyot (international macroeconomics) - xalqaro iqtisodiyot bo‘limi, ochiq iqtisodiyotlar modeli va umuman jahon xo‘jalagining rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti (international division of labor) - alohida olingan mamlakatlar o‘rtasida ishlab chiqarishni muayyan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish.
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)-BMTning faoliyati mehnatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan maxsus muassasasi.
Xalqaro mikroiqtisodiyot (international microeconomics)-xalqaro iqtisodiyot bo‘limi, tovarlar va ishlab chiqarish omillarini mamlakatlar o‘rtasida olib o‘tish qonuniyatlarini, shuningdek ularning bozor tavsifnomalarini o‘rganadi.
Xalqaro moliya (international finance)-xalqaro iqtisodiyot bo‘limi, chet el valyuta bozorlari, to‘lov balans iva uni kelishtirishni o‘rganadi.
Xalqaro savdo (international trade)- jahon hamjamiyati barcha mamlakatlari tashqi savdosining jami.
Хаlqаrо sаvdо nаzаriyasi- iqtisоdiy nаzаriyaning bir qismi. Ishlаb chiqаrish vа аyirbоshlаshgа хаlqаrо iхtisоslаshuv sаbаblаrin, аmdа bundаn mаmlаkаtlаr оlаdigаn mаnfааtlаrni o’rgаnаdi.
Xalqaro tartibdagi hududlar – davlat chegaralaridan tashqarida bo‘lgan va xalqaro huquqqa binoan dunyoning barcha davlatlari umumiy foydalanadigan Yer sharidagi bo‘sh makonlar.
Xalqaro texnik ko‘maklashish (technical assistance)- texnologiya, mahsulotlar va boshqaruv sohasida jahon hamjamiyati tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlar va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga ko‘rsatiladigan yordam.
Xalqaro valuta tizimi - xalqaro valuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Xalqaro valyuta rezervlari (international reserves)- boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hisob-kitob qilish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan oltin, erkin konvertatsiyalanadigan valyuta va boshqa aktivlar.
Xarajatlar (costs) - mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan sarflar.
|
| |