|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 102/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKVenchur korxonalari – yirik kompaniyalar buyurtmalari va davlat bitimlari bo‘yicha ilmiy tekshirish sohalarida muhandislikda, innovatsiyada faoliyat ko‘rsatuvchi firmalar.
X
Xalq xo‘jaligi balansi (XXB) - sobiq SSSR va sotsialistik mamlakatlarda qo'llanilgan tizim bo'lib, unda makroiqtisodiy ko'rsatkichlar tizimi o 'z aksini topgan. XXB markscha kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ta’limotiga asoslangan.
Xalqaro bozor (international market) - milliy bozorlarning xorijga yo‘naltiriladigan bir qismi.
Xalqaro savdo – mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotiq tovarlarni chetdan olib kelish (import) va chetga chiqarish (eksport), jahon iqtisodiy munosabatlarining shakli. Xalqaro savdoning iqtisodiy asosini xalqaro mehnat taqsimoti tashkil etadi.
Xalqaro savdo nazariyasi – iqtisodiy nazariyaning bir qismi. ishlab chiqarish tovar ayirboshlashga xalqaro ixtisoslashuv sabablarini hamda bundan mamlakatlar oladigan manfaatlarni o‘rganadi.
Xalqaro valyuta fondi - XVF (International Monetary Fund-IMF)-1944 yili asos solingan xalqaro iqtisodiy tashkilot. Xalqaro valyuta-moliya munosabatlarini tartibga soluvchi, xalqaro savdo va valyuta hamkorligiga ko‘mak beruvchi asosiy organ.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya - jahon mamlakatlari o‘zaro iqtisodiy aloqalarining chuqurlashuvi va barqaror rivojlanishi hamda milliy xo‘jaIiklar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo‘jalik aloqalarining birlashish jarayoni.
Xalqaro iqtisodiyot (international economics)- hozirgi iqtisodiy nazariyaning mustaqil qismi, milliy iqtisodiyotlar o‘zaro hamkorligi qonuniyatlarini: jahon hamjamiyati ichida tovarlar, xizmatlar va to‘lovlar oqimlari harkati, bu oqimlarni belgilaydigan va tartibga soladigan iqtisodiy siyosat hamda ularning jamiyat farovonligiga ta’sirini o‘rganadi.
Xalqaro ixtisoslashuv – mamlakatning ma’lum bir tovarni ishlab chiqarishga o‘z potensialini konsentratsiyalashuvi.
Xalqaro kredit - ssuda kapitalining xalqaro miqyosdagi harakatidir.
|
| |