|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 105/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKXususiylashtirish - davlat mulkini boshqa mulkchilik shakllariga, jumladan, jamoa, aksiyadorlik va xususiy mulkka o‘tkazishda mulkchilik munosabatlarining o‘zgarish jarayoni.
Y
Yagona narx qonuni (law of one price)- turli mamlakatlarda bir xil tovarlarga mahalliy valyutadagi narxlar bilan ayirboshlash kurslari o‘rtasidagi aloqani ifodalaydigan qonun. Bu qonunga binoan o‘xshash tovarlar narxlaridagi farq xalqaro savdo natijalarida silliqlashtiriladi. Masalan: 1dollar 380so‘mga almashtiriladigan kursda 1 gamburger Nyu-Yorkda 1dollar, Toshkentda 380 so‘m turadi. Mazkur qonun xarid qobiliyati paritetining asosini tashkil etadi.
Yalpi daromad - korxona faoliyatining yakuniy natijalarini tavsiflaydi hamda yalpi pul tushumi va mahsulot ishlab chiqarish va sotishga sarflanuvchi barcha xarajatlar o‘rtasidagi farqni ifodalaydi.
Yalpi foyda - korxona yalpi daromadining barcha majburiy to‘lovlarni chiqarib tashlagandan so‘ng korxona ixtiyorida qoluvchi qismi.
Yalpi ichki investitsiyalar- mazkur yilda ishlab ishlab chiqarilgan barcha ishlab chiqarish vositalrining umumiy qiymati, shuningdek tovar-moddiy zaxiralarni to‘ldirish harajatlari.
Yalpi ichki mahsulot (YalM) - markaziy makroiqtisodiy ko'rsatkich; u yoki bu davrda shu mamlakat rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan oxirgi mahsulotlar va ko'rsatilgan xizmatlaming bozor bahosida hisoblangan hajmi.
Yalpi ichki mahsulot deflyatori - yalpi ichki mahsulot uchun aniqlangan baho indeksi; Uni aniqlash uchun yalpi ichki mahsulot qiymat indeksini, YalMning fizik hajm indeksiga nisbatan olinadi.
Yalpi ijtimoiy mahsulot – ma’lum bir davrda, masalan, bir yilda yaratilgan moddiy ne’matlar yig‘indismidir.
Yalpi investitsiya (gross investment) - bu amortizatsiya qiymati bilan sof investitsiya (kapitalning o‘sgan kismi)ning yig‘indisi.
Yalpi milliy daromad (YaMD) - shu mamlakat rezidentlarining shu mamlakatning va xorijiy mamlakatlarning YalMni yaratish davomida olgan birlamchi daromadlari (mulkdan olgan soliq bilan birga)ning yig'indisi.
|
| |