|
Yalpi milliy ixtivoridagi daromad (YalMD)
|
bet | 106/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKYalpi milliy ixtivoridagi daromad (YalMD) - shu mamlakat rezidentlari tomonidan olingan birlamchi daromadlar va sof joriy transfertlar yig'indisi.
Yalpi milliy mahsulot (YAMM) - milliy iqtisodiyot subyektlari tomonidan mamlakat ichida va tashqarisida bir yil davomida vujudga keltirilgan pirovard mahsulot va xizmatlaming bozor narxlaridagi so'mmasi.
Yalpi pul tushumi - tovar mahsuloti, ish, xizmat va moddiy boyliklarni sotishdan tushuvchi pulning umumiy miqdori.
Yalpi qo'shilgan qivmat (YaQQ) - alohida olingan xo'jalik yurituvchi subyektlar, tarmoqlar va iqtisodiy sektorlaming faoliyati natijasi bo'lib, uning hajmi yalpi ishlab chiqarish va oraliq iste’moli orsidagi farqqa teng.
Yalpi taklif - narxlarning mavjud darajasida sotishga chiqariladigan pirovard tovarlar va xizmatlar miqdori yoki milliy ishlab chiqarishning real hajmidir.
Yalpi talab - bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat narxlarining o‘rtacha darajasida sotib olishi mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlaming umumiy hajmini yoki milliy iqtisodiyotdagi yalpi sarflar miqdorini bildiradi.
YaMM deflyatori- nominal yalpi milliy mahsulotning amaldagi yalpi milliy mahsulotga nisbati.
Yangilik (novatsiya) - turli sohalarda rasmiylashtirilgan fundamental, amaliy tadqiqot va ishlanmalar natijasi (yangi bilim, uslub, ixtiro).
Yaxshilovchi innovatsiyalar – bu avlod va ukladi texnologiyalarni ular qo‘llanuvchi turli talablarini hisobga olgan holda tarqatish va differensiatsiyalashga xizmat qiladi.
Yer - ishlab chiqarishga jalb qilingan barcha yerlar va boshqa barcha tabiiy resurslar;
Yer kadastri - yerning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy o‘rni to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, u yerdan foydalanuvchilarning ro‘yxati, yerning miqdori va sifati hisobi, tuproq banitirovkasi va yerni iqtisodiy baholash ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi.
Yer narxi - cheklanmagan vaqt davomida yerdan olingan barcha daromadlar yig‘indisining keltirilgan (boshlang‘ich yilga) qiymati.
|
| |