|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 100/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKUstama xarajatlar - asosiy xarajatlarga qo‘shimcha bo‘lib, ular bilan birga ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiluvchi, ishlab chiqarish va korxona boshqaruviga xo‘jalik xizmati ko‘rsatish xarajatlari.
Ustav fondi - korxonaning uni barpo etish chog‘ida mol-mulkini tashkil etadigan vosita va mablag‘lar summasi.
Ustun strategiyali muvozanat – boshqa ishtirokchining harakatlaridan qat’iy nazar ishtirokchiga maksimum foydalilikni ta’minlovchi harakatlar rejasi.
Ustuvor ekstensiv iqtisodiy o‘sish - iqtisodiy o‘sishda ekstensiv omillaming ustuvor o‘ringa ega ekanligini bildiradi.
Ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish - iqtisodiy o‘sishda intensive omillaming yuqori o‘ringa egaligini bildiradi.
Uy xo‘jaliklari - iqtisodiyotning iste’molchilik sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik.
Uyinlar nazariyasi - fan yunalishi bo‘lib u o‘yin qatnashuvchilarining vaziyat bo‘yicha harakat qilish va karor qabul qilishni matematik usullar yordamida o‘rganadi.
V
Valuta kursi - bir mamlakat valutasining boshqa mamlakat valutasida ifodalangan narxi.
Valyuta – biror mamlakatda qabul qilingan pul tizimi va pul birligi.
Valyuta (ital. valuta baho, qiymat) - ma’lum bir davlatning pul birligi va pul tizimi (so‘m, tanga, dollar, frank, marka, iena va h.k.o). Valyutani chet elning kredit biletlari va tangalari ham deb ataladi.
Valyuta kursi – bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida ifodalanishi. Valyuta kursining o‘rnatilishi kotirovka deyiladi.
Valyuta kursi - bir valyutani ikkinchisiga almashtirishdagi nisbat. Rivojlangan davlatlardagi valyuta kurslari dollarga nisbatan shu davlatlar hukumati tomonidan belgilanmay, balki xalqaro valyuta bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib stixiyali ravishda vujudga keladi. O‘zbekiston jumxuriyatida milliy valyutamizning chet el valyutalariga nisbatan kursi, Markaziy Bank tomonidan belgilanadi. Chet el valyutalari bilan bog‘liq jarayonlar ushbu valyuta kurslari asosida amalga oshiriladi.
|
| |