|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 97/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKTo‘lov topshirig‘i – korxona, firma, tashkilotning unga xizmat qiladigan o‘z schetidan mablag‘ o‘tkazish zarurligi haqidagi topshirig‘i.
To‘lov topshiriqnomasi – To‘lovchining bankka yozma toshirig‘i bo‘lib, unda to‘lovchining hisobidan oluvchining hisobiga ma’lum bir pul mablag‘i summasini o‘tkazish yuzasidan topshirig‘idir.
To‘lov valyutasi – tomonlarning kelishuvi bilan tovarlarning tashqi savdo aloqalarida haqini to‘lashda yoki xalqaro kreditni qaytarishda ishlatiladigan valyuta.
To‘lovga qodirlik – yuridik yoki jismoniy shaxsning moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida bajara olish imkoniyati.
To‘liq bandlik - mehnatga layoqatli bo‘Igan va ishlashni xohlagan barcha kishilaming ish bilan ta’minlanganini anglatadi.
To‘lov balansi - mikroiqtisodiy statistikaning muhim bo'limi; Shu mamlakat va boshqa dunyo rezidentlari orasidagi barcha tashqi iqtisodiy operatsiyalar haqidagi ma’lumotlami ma’lum tizimga keltiradi.
Tovar – biron-bir naflilikka va qiymatga ega bqlgan ayriboshlash uchun yaratilgan mahsulotdir.
Tovar ishlab chiqarish – bunda tovarlar o‘zining iste’moli uchun emas, balki bozorda sotish, ayriboshlash uchun va boshqalarning iste’molini qondirish maqsadida ishlab chiqariladi.
Tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat - tovarlami qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman yuqori foyda olish, iqtisodiyotda o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun kurashdan iborat.
Tovar markasi (trade mark)- texnologiyalarni huquqiy himoya qilish shakllaridan biri, mahsulotda joylashtiriladigan surat, grafik tasvir, firma asoschisi (egasi) ning nom iva xakazolardan iborat bo‘ladi.
To‘ldiruvchi tovarlar (complementary goods) - birgalikda, komplеktlarda istе`mol qilinadigan tovarlar.
To‘lov balansi – muayyan muddat davomida mamlakatning chet ellarga to‘lagan va xuddi shu davr mobaynida mamlakatga chet ellardan tushgan to‘lov summalari nisbati.
|
| |