• To‘liq bandlik
  • To‘lov balansi joriy hisob varag‘ining saldosi (current q accont q balance)
  • Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov




    Download 146,5 Kb.
    bet96/108
    Sana18.07.2024
    Hajmi146,5 Kb.
    #267806
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   108
    Bog'liq
    Lugat iqtisodiyot UDK

    To‘g‘ri xarajatlar - mahsulot tannarxiga bevosita qo‘shilib, uning tarkibiga kiradigan xarajatlar.
    To‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruv aloqalari - boshqaruv tizimi tomonidan ishlab chiqiluvchi, boshqarish tusidagi ko‘rsatmalar.
    To‘Iovga qobillik - pul va qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida bajara olishiga imkon beruvchi yuridik va jismoniy shaxslaming moliyaviy holati.
    To‘ldiruvchi tovarlar (complementary goods) - birgalikda, komplektlarda iste’mol qilinadigan tovarlar.
    To‘liq bandlik - mehnatga layoqatli boigan va ishlashni xohlagan barcha kishilaming ish bilan ta’minlanganini anglatadi.
    To‘lov balansi - 1. Ma’lum bir vaqt mobaynida (chorak, yarim yil, bir yil va hokazo) bir mamlakat va unda ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar, jismoniy shaxslar va davlat idoralarining boshqa mamlakatlardagi korxonalar, jismoniy shaxslar va davlat idoralari bilan amalga oshirgan barcha iqtisodiy operatsiyalarini o‘zida aks ettiruvchi statistik hisobotdir. 2. Bir mamlakatning boshqa mamlakatlarga ma’lum bir davr mobaynida haqiqatda o‘tkazgan valutaviy to‘lovlari va tushumlari o‘rtasidagi nisbatni, mamlakatning xalqaro pullar harakatini o‘zida aks ettiruvchi hujjatdir. Agar to‘lov balansida valutaviy tushumlar to‘lovlardan ortib ketsa, to‘lov balansi aktiv, aksincha esa passiv hisoblanadi.
    To‘lov balansi joriy hisob varag‘ining saldosi (current q accont q balance)- savdo balansining, sotilgan xizmatlari va bir tomonli to‘lovlarga doir daromadlarning saldosi.
    To‘lov funksiyasi - o‘yin natijasi bo‘lib o‘yinchining yutug‘ini yoki yuqotishini bildiradi.
    To‘lov talabnomasi - hisob-kitob hujjati bo‘lib, mol yetkazib beruvchining (eksporter) yoki boshqa to‘lov oluvchining bank orqali aniq bir summani to‘lovchidan olish haqidagi talabi aks ettiriladi. mol yetkazib beruvchi xaridorga bank orqali to‘lov talabnomasini yuboradi. Mol yetkazib beruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank to‘lov talabnomasini xaridor korxonaga xizmat qiluvchi bankka yuboradi vaqt uchun taqdim etiladi. To‘lov hisob-kitob qoidalariga asosan amalga oshiriladi.

    Download 146,5 Kb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   108




    Download 146,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov

    Download 146,5 Kb.