|
Chеkli transformatsiya normasi (MRT)
|
bet | 87/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKChеkli transformatsiya normasi (MRT) - birinchi tovardan qo‘shimcha bir birlik ishlab chiqarish uchun ikkinchi tovardan qancha voz kеchish kеrakligini ko‘rsatadi. Bu birinchi tovarning alternativ qimmatini ifodalaydi va ikkinchi tovarni chekli ishlab chiqarish xarajatlarini birinchi tovarni chekli ishlab chiqarish xarajati nisbatiga teng.
Chet el valyutasi- muomalada bo‘lgan va tegishli xorijiy davlatlarda qonuniy to‘lov vositalari hisoblanadigan banknotalar, xazina biletlari, tangalar ko‘rinishidagi pul belgilari.
Chet eldan olingan sof joriy transfertlar - chet elga o’tkazilgan joriy transfertlar chegirma qilingan holda norezidentlar tomonidan olingan va ishlab chiqarish omillari hisobiga kelib tushgan daromad bilan bog’liq bo’lmagan joriy transfertlarga teng.
Chetlanish - kutiladigan natija bilan haqiqiy natija o‘rtasidagi farq.
Chiqimlar va foydalar tahlili (cost-benefit analysis) - iqtisodiy tahlilning asosiy vositalaridan biri, bevosita va bilvosita xarajatlarning individual va ijtimoiy foydalari bilan nisbatini ko‘zda tutadi.
Chiqitsiz texnologiya - birlamchi xomashyo va materiallardan toMaligicha foydalanish asosida mahsulot olinishini ta’min etuvchi texnologiya. Chiqitsiz texnologiya chiqindilami utilizatsiya qilish, xomashyo va materiallardan majmuali foydalanish, yopiq skill ishlab chiqarishlami tashkil etishni o‘z ichiga oladi. Chiqitsiz texnologiya - har qanday ishlab chiqarishning ekologik strategiyasi sanaladi.
T
Ta’sis hujjatlari - yangi tashkil qilinuvchi korxona, kompaniya, aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etish va ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlar.
Ta’sischilik foydasi - sotilgan aksiyalar va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan mablag‘lar so'mmasi o‘rtasidagi farqdan iborat boiib, uni jamiyatni ta ’sis etuvchilar o‘zlashtiradi.
Tabiiy boylik - milliy boylikning tabiat in’omlaridan iborat boigan, foydalanishga jalb qilingan, ishlab chiqarishning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladigan qismi.Iqtisodiy muvozanatlik - bu makroiqtisodiyot darajasida jamiyat ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdorining va milliy ishlab chiqarish natijalari hajmi hamda tarkibining o‘zaro mos kelishligini tavsiflaydi.
|
| |