|
Resursning chekli daromadliligi yoki resursning pulda ifodalangan chekli mahsuloti
|
bet | 81/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKResursning chekli daromadliligi yoki resursning pulda ifodalangan chekli mahsuloti - resursdan qo‘shimcha bir birlik foydalanish natijasida olingan qo‘shimcha mahsulotni sotishdan tushgan qo‘shimcha daromad.
Retsession farq - yalpi sarflaming sof milliy mahsulot hajmidan kam boigan miqdori.
Revalvasiya – boshqa davlatlar valyutasiga nisbatan milliy valyuta rasmiy kursining oshishi.
Reyeksport - qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarlami o‘z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun sotib olishi.
Rezidentlar- mamlakatda doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan yoki vaqtincha undan tashqarida bo‘lgan fuqarolar; mazkur mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, uning hududida joylashgan vakolatxona va filiallari. Atamadan valyuta operatsiyalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida foydalaniladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar tasnifi- BMT, IHTT va Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan tasniflar mavjud.
S
Samara- biror-bir faoliyat natijasi.
Samaradorlik- natijalar bilan ushbu natijalarga erishish uchun qilingan harajatlar o‘rtasidagi nisbat.
Samaradorlik omili – boshqaruvchi ta’sir kuchi boshqaruv maqsadlariga erishish uchun yetarli bo‘lishi lozim. Samarali boshqaruv ta’siri muvozanatni buzuvchi omillarga qarshi barqarorlikni oshirishga yo‘naltiriladi.
Samarali bandlik - xodimlaming o‘z mexnati natijalaridan to’liq iqtisodiy manfaatdorligining ta’minlanishi zarurligini anglatadi.
Sarmoya (capital)- tovar va xizmatlarni yaratish uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan ishlab chiqarish omili.
Savdo balansi (trade balance)- muayyan vaqt davr, odatda bir yil uchun mamlakat eksport iva importining nisbati.
Savdo siyosati (commercial policy)- importni cheklash maqsadida tovar oqimlarini o‘zgartirishni nazarda tutadigan xukumat siyosati.
Savdo texnologiyasi - ma’lum bir usul va vositalardan foydalanish asnosida tovarlar harakatini tashkil etish va tovarlami sotishda parallel ravishda yoki ketma-ketlikda bajariluvchi operatsiya va amaliyotlaming umumiyligi.
|
| |