|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 79/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKQo‘shilgan qiymat - ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va unumli iste’mol qilingan xomashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.
R
Raqobat - bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda, omilli daromad va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.
Raqobat shakllari - raqobatchilik muhitning yetuklik darajasi bilan farqlanib, sof (erkin) raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyani o‘z ichiga oladi.
Raqobat usullari - raqobat kurashida qo‘llaniladigan vosita va dastaklardan iborat bo‘lib, bunda raqobat narx vositasida va narxsiz raqobatlashish usullari orqali amalga oshiriladi.
Raqobatbardoshlik – biror turdagi molning iste’mol qiymati mos keladigan boshqa tovarga solishtirish, taqqoslash ko‘rsatkichi.
Rasmiy ayirboshlash kursi (offisial exchange rate)- Markaziy bank tomonidan mahalliy valyutani sotish va xarid qilish kursi.
Rеаl аlmаshinuv kursi – ikkаlа mаmlаkаtdаgi bаhоlаr dаrаjаsining o’zаrо nisbаtini hisоbgа оluvchi аlmаshinuv kursi. Sоlishtirаlаyotgаn mаmlаkаtlаrdаgi nоminаl аlmаshinuv kursini bаhоlаr indеkslаrining o’zаrо nisbаtigа ko’pаytirish yo’li bilаn tоpilаdi..
Real daromad - narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib aholining hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda ular ehtiyojlarining bu ne’matlar bilan qondirilish darajasidir.
Real foiz stavkasi – inflyatsiyadan tozalangan foiz stavkasi. Nominal, real foiz stavkalari va narx o‘sishi (inflyatsiya) o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlikni quyidagicha yozish mumkin: Reeksport operatsiyasi – avval import qilingan va qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elga olib chiqib sotish.
Real ish haqi (real wage rate) - olingan pul mablag‘lari hisobidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdorini ifodalovchi ish xaqining sotib olish imkoniyati.
|
| |