|
Pul bаzаsi –bаnk tizimidаn tаshqаridаgi nаqd pullаr vа Mаrkаziy bаnkdаgi tijоrаt bаnklаrining zаhirаlаri
Pul bozori
|
bet | 76/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKPul bаzаsi –bаnk tizimidаn tаshqаridаgi nаqd pullаr vа Mаrkаziy bаnkdаgi tijоrаt bаnklаrining zаhirаlаri
Pul bozori – pul taklif va unga bo‘lgan talab foiz stavkasi darajasi bilan aniqlanadigan bozor. Pulga talab xo‘jalik faoliyati uchun zarur pulga ehtiyojdir. Uning shakllanishining asosiy ikkita sababi mavjud: a) insonlarga har doim tovar va xizmatlarni sotib olish uchun, korxonalarga esa resurslar olish uchun pul zarur bo‘ladi; b) insonlar o‘zlarining pullarini har xil (aksiya, obligatsiya va h.k.) shaklda saqlaydilar, demak, aktivlar tomonidan pulga talab bo‘ladi. Pul bozoridagi talab va taklifning bir-biriga to‘g‘ri kelishi iqtisodiyot uchun o‘ta muhim masala hisoblanadi. Ayrim sabablarga ko‘ra muomaladagi pul massasining ko‘payib ketishi infl yatsion jarayonlarning zo‘rayishiga, jami talabning jami taklifga nisbatan oshib ketishi makroiqtisodiy muvozanatning buzilishiga olib keladi. Pulning muomalada kamayib ketishi ham pirovard natijada jami taklifning jami talabdan oshib ketishi, umuman muvozanatning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun pul bozorida talab va taklifni muvozanatlab turish lozim deb hisoblanadi. Buni, asosan, davlat o‘zining chiqargan qimmatli qog‘ozlarini sotish va sotib olish natijasida amalga oshiradi, ular ochiq bozorlardagi “operatsiyalar” deyiladi.
Pul bozori dastaklari – pulli dastak bo‘lib, uning sohibiga ma’lum bir davr ichida kafolatlangan va qat’iy belgilangan pul daromadi olish huquqini beradi.
Pul emissiyasi – amaldagi pul massasining ortishiga olib keluvchi pullarni muomalaga chiqarish.
Pul islohoti – pulni bekor qilib, yangi pul nusxalarining joriy etilishi. Pul islohoti qog‘oz pullarning qadri ketib, ularning to‘lov quvvati nolga tenglashib qolgan kuchli inflyatsiya sharoitlarida amalga oshiriladi.
Pul mablag‘lari - korxonaning kassasi, bankdagi hisob-kitobi, akkredetiv, boshqa maxsus schetlardagi, moddiy javobgar shaxslardagi pul ko‘rinishidagi mabla\lar. Korxonaning ortiqcha pul mablag‘lari bankdagi schetlarda saqlanishi shart.
Pul massasi – har qanday mamlakat iqtisodiyotida tovarlar va .xizmatlar aylanishini ta’minlaydigan, xususiy shaxslar, institutsional mulkdorlar (korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va b.) va davlat egalik qiladian naqd va naqd pulsiz xarid hamda to‘lov vositalari majmuyidir.
Pul muomalasi - bu tovarlar aylanishiga hamda notovar tavsifidagi toiovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan aktivlaming harakati.
Pul qiymati – pul birligiga almashtirilishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori; pul birligini sotib olish qobiliyati; baho darajasiga teskari kattalik.
|
| |