• Offerta
  • Opportunistik xatti-harakatlar
  • Ouken qonuni
  • Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov




    Download 146,5 Kb.
    bet73/108
    Sana18.07.2024
    Hajmi146,5 Kb.
    #267806
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   108
    Bog'liq
    Lugat iqtisodiyot UDK

    Oddiy aksiya- aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etish va dividend olish huquqini beradigan aksiya.
    Oddiy daraja – odamlarning jismoniy va aqliy kuchlarini tiklashni ta’minlaydigan ilmiy qabul qilingan me’yorlarga asoslangan oqilona iste’molning tabiiy darajasi.
    Offerta – sotuvchining mol xarid qilish imkoni bor xaridorga ma’lum shartlar asosida mol to‘plamini sotish haqida yuborgan taklifi.
    Oligopoliya- standartlashtirilgan yoki tabaqalashtirilgan tovarlar ishlab chiqaruvchi bir nechta firma hukmronlik qiladigan bozor.
    Oliy kategoriyali tovar - daromad oshganda talab oshib ketadigan tovarlar.
    Operatsiya - iste’mol qilinayotgan resurslami tovar va xizmatlarga aylantirish jarayoni.
    Opportunistik xatti-harakatlar - o‘z manfaatiga erishish uchun aldash, yolg‘on, o‘g‘irlik va boshqa qabihliklarni amalga oshirish.
    Oraliq iste’mol - ishlab chiqarish jarayonida butunlay to ‘liq ishlatilgan mol va xizmatlar qiymati.
    Oraliq mahsulot - ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida sotib olingan mahsulotlar.
    Оrtiqchа tаlаb – mаvjud bаhоlаr dаrаjаsidа tоvаrlаr vа хizmаtlаr tаklifidаn ulаrgа bo’lgаn tаlаbning ko’pligi. To’liq bаndlilik shаrоitidа inflyatsiya dаrаjаsining оshishigа оlib kеlаdi.
    Ouken qonuni – iqtisodiy faollik va ishsizlik o‘rtasida miqdoriy bog‘liqlikni aks ettiradi. Agarda aslidagi ishsizlik darajasi uning tabiiy darajasidan 1% oshsa, unda YaMM orqada qolishi 2,5% ni tashkil etadi. Masalan, ishsizlikning tabiiy darajasi 6% sharoitida ishsizlik darajasi 9,5%. Unda 9,5 – 6,0 = 3,5%; 3,5*2,5 = 8,75%. Ishsizlikning ko‘payishi natijasida YaMMning orqada qolishi 8,75% ni tashkil etadi yoki ishsizlik tabiiy darajadan past bo‘lmaganda, YaMM aslidagiga nisbatan 8,75% ko‘p bo‘lar edi. Shu qonunga muvofiq YaMM hajmining har yili 2,7% ga ortishi ishsizlikni doimiy darajada ushlab turishga imkon beradi. YaMMning 2% ortishi ishsizlar sonini 1% ga kamaytiradi. Potensial iqtisodiy o‘sish – bu iqtisodiyot o‘sishi mumkin bo‘lgan tezlikdir. Mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik darajasi potensial iqtisodiy o‘sishni yanada yuksaltiradi.

    Download 146,5 Kb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   108




    Download 146,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov

    Download 146,5 Kb.