|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 71/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKNofunksional talab - tovarni sifati bilan bog‘liq bo‘lmagan omillarga asoslangan talab.
Nokooperativ o‘yin - bu o‘yinda qatnashchilar mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.
Nol sum yutuqqa ega bo‘lgan o‘yin (zero sum game) - o‘yinda bir kishining yutug‘i boshqa o‘yinchilarning yutqazgan summalari yig‘indisiga teng.
Nolga teng bo‘lmagan sumga ega bo‘lgan o‘yin (non zer sum game) - bu uyinda bir guruh o‘yinchilar yo yutadi yoki boy beradi.
Nominal daromad - aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlar so'mmasi.
Nominal ko’rsatkichlar – joriy davr narxlarida o’lchanadigan ko’rsatkichlardir.
Nominal ish haqi - pul formadagi ish haqi, faqat pul hajmini ifodalaydi, uning sotib olish qobiliyatini hisobga olmaydi.
Nominal YAIM - joriy narxlarda hisoblangan YAMM.
Noosfera - barqaror rivojlanishga o‘tishning yetuklik va yakunlovchi bosqichi, jamiyatning kelajakda kutilayotgan, insonning tabiatga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan darajada ta’sir ko‘rsatishi ta’minlanuvchi holati. Noosfera barqaror rivojlanish magistrali bo‘yicha o‘tish jarayoni rivojlanuvchi maqsadli mo‘ljal hisoblanadi.
Noosfera rivojlanish (noosferogenez) va «barqaror rivojlanish» - o‘z mohiyatiga ko‘ra, bir-biriga yaqin tushunsa bo‘lib, ulardan ikkinchisi faqat noosfera harakatlanishining boshini anglatadi xolos.
Noratsional talab - bu rejalashtirilmagai talab bo‘lib, shaxsning xozirgi hohishini, kayfiyatini, injiqligini uchratishi bilan vujudga keladigan vaqtinchalik talab.
Notarif usullar — tovar ayirboshlashga ta’sir qilish dastaklarini, ya’ni mamlakatga olib kiriladigan yoki chetga chiqariladigan mahsulot hajmi va nomenklaturasini cheklashni bildiradi.
Notijorat yuridik shaxs – bu ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlar (foyda)ni o‘z a’zolari o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini-o‘zi boshqarish tashkiloti.
|
| |