• Mehnat bozorida monopsoniya
  • Mehnat predmetlari
  • Mehnat resurslari balansi
  • Mehnat taqsimoti
  • Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov




    Download 146,5 Kb.
    bet65/108
    Sana18.07.2024
    Hajmi146,5 Kb.
    #267806
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   108
    Bog'liq
    Lugat iqtisodiyot UDK

    Maxfiy axborotlar - axborotlardan foydalana olish darajasi va mamlakat qonunchiligiga muvofiq egalik qilinishi cheklangan axborotlar. Maxfiy axborotlardan faqatgina tegishli tartibda ruxsat etilgan shaxslargina foydalana olishlari mumkin.
    Ma`naviy tavakkalchilik - yo‘qotishlar sug‘urta kompaniyasi tomonidan to‘liq qoplanishiga ishonch hosil qilgan holda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirib ko‘rsatishga intiluvchi shaxsning hattiharakati.
    Mehnat bozorida monopsoniya - bu mukammallashgan raqobatdagi mehnat bozorining alohida bir chetki ko‘rinishi bo‘lib, bunda biror kichik shaxardagi yagona firma mahalliy axolining ko‘p qismini ish bilan ta’minlaydi.
    Mehnat intensivligi - mehnatning sarflanish tezligi yoki jadalligi.
    Mehnat kapitali (insoniy kapital) – bu o‘qish jarayoni (maktab, kollej, universitet, kasbga tayyorlash va malaka oshirish kurslari) va mehnat faoliyati jarayonida ishchilarning olgan bilim va mehnat mahoratlaridir.
    Mehnat predmetlari - bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalar ( yer-suv, xom ashyo, materiallar va boshqalar).
    Mehnat qurollari – insonning tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qilishda vosita bo‘lib xizmat qiladigan narsalar: mashinalar, dastgohlar, traktorlar, qurulmalar, uskunalar va boshqalar.
    Mehnat resurslari balansi - mavjud mehnat resurslari va ulami faoliyat turlari va sohalari bo'yicha taqsimlanishni ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimi.
    Mehnat shartnomasi - tadbirkor va ishga kiruvchi shaxs o‘rtasidagi kelishuv, unda ko‘ra xodimning mehnat vazifasi, ish joyi, lavozimi, oylik ish haqi, ish boshlash vaqti va hokazolar belgilab beriladi.
    Mehnat taqsimoti – tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimi bo‘lib, u jamiyatning rivojlanish jarayonidagi faoliyatning sifat jihatdan tabaqalashuvi natijasida shakllanadi.
    Mehnat unumdorligi -insonlar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi; xodim moddiy ishlab chiqarish sohasida ish vaqti birligida ishlab chiqargan mahsulotlar miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt bilan o‘lchanadi. Mehnatning ijtimoiy unumdorligi ishlab chiqarilgan milliy daromadning moddiy ishlab chiqarish taromqlarida band bo‘lgan har bir xodimga nisbatan hisoblanadi.

    Download 146,5 Kb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   108




    Download 146,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov

    Download 146,5 Kb.