|
Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash
|
bet | 63/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKMarketing tizimini axborot bilan ta’minlash - 1) marketing xujjatlarini rasmiylashtirish usullari va vositalari majmuasi, marketing tizimining holati va xulk-atvori to‘g’risidagi ma’lumotlarni izlab topish, kodlashtirish va saklashni tashkil yetish; 2) marketing tizimining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi kuyitizimlardan biri (tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, texnik, dasturiy, matematik ta’minot va boshqalar); 3) marketing axborotlari manbai, uning asosida korxona menedjmenti turli xil boshqaruv qarorlarini qabul qiladi; 4) ma’lumotlarni olish, ishlov berish, sistemalashtirish va ularni “iste’mol uchun tayyor” axborotga aylantirish.
Marketing tizimining samaradorligi - 1) marketing tizimining marketing xarajatlari belgilab kuyilgan holda tovar va xizmatlarga talabni takror ishlab chiqarishni to‘xtovsiz shakllantirish jarayonini ta’minlash qobiliyati ko‘rsatkichi; 2) marketing tizimi faoliyatining sifat ko‘rsatkichi; 3) marketing tizimi sub’ektlarining resurslar ayirboshlash jarayonida o‘zaro aloqalari natijaviyligining kompleks ko‘rsatkichi.
Marketing xarajatlari - tovar va xizmatlarni shakllantirish va takror ishlab chiqarish bo‘yicha marketing chora-tadbirlari va marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sarf va chikimlar yigindisi. Marketing xarajatlarining asosiy tarkibiy qismlari: boshqaruv xarajatlari, marketing bo‘limi xodimlari maoshi, amortizatsion ajratmalar, marketing bo‘limining normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan material va resurslar, tovar siyosati, narx siyosati, kommuniqativ siyosat, savdo va disributiv siyosat uchun sarflanuvchi xarajatlar.
Marketingda tarmoq yondashuvi - marketing tizimi sub’ektlarining nafaqat ikkitomonlama (xaridor va sotuvchi) emas, balki ko‘p tomonlama o‘zaro aloqalari jarayonini aks ettirish kontseptsiyasi. Tarmoq yondashuvi na sotuvchilar va na xaridorlar o‘zlariga hamkorni tanlash va ularni almashtirishda erkin emas, chunki resurslar o‘zgarganda ularning bir-biriga qaramligi yuzaga keladi, ya’ni aloqalar almashuvi bo‘ziladi degan fikrni olga suradi. Marketing tarmogi a’zolari o‘rtasida resurslar ayirboshlash “qaramlik” va “xokimlik” manbai hisoblanadi. Marketing tarmogi uchta o‘zaro bog’liq tarkibiy qismdan iborat: ishtirokchilar (firmalar), resurslar va faoliyat turlari. Tarmoq yondashuvi resurslarning turli xilligi va ularni ierarxik nazorat qilishni talab qiladi.
|
| |