|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 62/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKMarketing qarori - 1) iste’molchilarning tovar va xizmatlarga talabini barqaror shakllantirish, rivojlantirish va qondirish uchun zarur bo‘lgan marketing tadbiri yoki tadbirlari majmui variantlar ichidagi tanlash, javob; 2) firma, tovar va xizmatlarning raqobatchilik usunligini saqlab kolish yoki yaxshilash uchun marketing tizimi sub’ekt va ob’ektlariga maqsadli yunaltirilgan ta’sir ko‘rsatish.
Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi - 1) marketing vazifasini bajarishning ko‘rib chiqilayotgan (kutilayotgan) ko‘plab variantlari orasidan tanlab olishda iqtisodiy tavakqalchilik narxining natijasi, foydalilik ko‘rsatkichi; 2) marketing vazifasini bajarishning tanlab olingan variantining iqtisodiy samara keltirish qobiliyati.
Marketing rejasi - belgilangan marketing maqsadlariga erishishda yordam berishi kutilayotgan chora-tadbirlarning ketma-ketlikda detalli ravishda ifodalanishi.
Marketing saloxiyati (potensiali) - 1) korxona saloxiyatining ajralmas qismi; 2) tovar, narx kommuniqatsiya va savdo siyosati, talabni o‘rganish soxasida samarali marketing tadbirlarini rejalashtirish va utqazish hisobiga marketing tizimining korxonnaning doimiy raqobatbardoshligi, tovar va xizmatlarning bozordagi iqtisodiy va ijtimoiy kon’yunkturasini ta’minlash qobiliyatlari majmui.
Marketing tadqiqoti dizayni - 1) marketing tadqiqoti jarayoni va modelini loyihalashtirish va to‘zish; tadqiqotni utqazish, marketing axborotlarini izlab topish uchun ratsional rejalarni ishlab chiqish. qo‘lda yoki axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilishi mumkin; 2) marketing tadqiqoti sub’ektlari xulk-atvorining o‘zgarish holatlarini o‘rganish va bashorat qilish bo‘yicha ijodiy jarayon.
Marketing tizimi - bozor muhitining mustaqil, foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro o‘zluksiz aloqada buluvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar majmui. Marketing tizimi o‘z ichiga quyidagilarni kiritadi; ishlab chiqaruvchi firma, ta’minotchi firma, raqobatchi firma vositachi firma, iste’molchi (bozor).
|
| |