• Marketing axborot tizimi (MAT)
  • Marketing axborotlari
  • Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi
  • Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov




    Download 146,5 Kb.
    bet59/108
    Sana18.07.2024
    Hajmi146,5 Kb.
    #267806
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   108
    Bog'liq
    Lugat iqtisodiyot UDK

    Maqsadli yo‘nalganlik omili – inqirozga qarshi tartibga solish va boshqaruvning umumiy maqsadlari iqtisodiy tizimning barcha hayotiy funksiyalarini takror ishlab chiqarish va uzoq muddatli barqaror faoliyatini ta’minlash hisoblanadi.
    Marja – savdo, birja, bank ishlarida foydalaniladigan hamda mollar narxlari, qimmatbaho qog‘ozlar kurslari, boshqa ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq.
    Mаrkаziy bаnk – Mаmlаkаtning bоsh bаnki. Аsоsiy funktsiyasi mаmlаkаt iqtisоdiyotidаgi pul mаssаsini nаzоrаt qilishdаn ibоrаt.
    Marketing – bozor talablariga bo‘ysungan holda iste’molchilar ehtiyojini imkoni boricha qondirishga qaratilgan xo‘jalik faoliyatini tashkil etish va boshqarish tizimi.
    Marketing axborot tizimi (MAT) – 1) marketing tadbirlarini rejalashtirish, xayotga tatbik etish va nazorat maqsadida aniq, dolzarb ma’lumotlarni o‘z vaqtida to‘plash, tasniflash, tahlil qilish, baholash va undan marketing soxasida foydalanish maqsadida tarqatish uchun muljallangan metodik usullar, asbob-uskunalar va odamlarning muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi o‘zaro aloqalar tizimi; 2) marketing soxasida qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida foydalaniluvchi ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va etqazish usullari, asbob-uskunalar va xodimlar majmui.
    Marketing axborotlari - firmaning (korxonaning) marketing rejasini yoki uning qandaydir elementlarini ishlab chiqishda, xayotga tatbiq etishda xamda qayta ko‘rishda ishlatiladi.
    Marketing budjeti - firmaning marketing faoliyatini amalga oshirishdagi xarajatlar, foyda va daromadlar mikdori detallashtirilgan tarzda (marketing kompleksi elementlari yoki marketing tadbirlari bo‘yicha) aks ettirilgan ko‘rsatkichlar tizimi, marketingning moliyaviy rejasi, korxona marketing rejasining bo‘limi. Marketing budjetini rejalashtirish maqsadli foydaga asoslanishi yoki foydani optimallashtirishdan kelib chiqishi mumkin.
    Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing chora-tadbirlarini amalga oshirish samarasining (natijasi) buning uchun sarflangan barcha xarajatlar mikdoriga nisbati; 2) marketing majmuasining (marketing-miks) samaradorlik ko‘rsatkichi. Natural va qiymat shaklida o‘lchanadi.

    Download 146,5 Kb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   108




    Download 146,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov

    Download 146,5 Kb.