|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 57/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKMahsulot sifatini boshqarish -mahsulotni yaratish va undan foydalanish yoki uni itse’mol qilishda zarur sifat darajasini belgilash, ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriluvchi xatti-harakatlar.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimi - sifatni boshqarish uchun zarur bo‘lgan resurslar, jarayonlar va javobgarlikni aniq taqsimlovchi tashkiliy tuzilma.
Mahsulotlarga soliqlar - rezidentlar tomonidan ishlab chiqarilgan va sotilgan yoki import qilingan mol va xizmatlarga mutanosib ravishda olinadigan soliqlar. Ularga masalan, qo'shilgan qiymat solig'i, aksiz, bojxona to'lovlari va h.k.lar kiradi.
Mahsulotning material sig’imi - xom ashyo, materiallar va boshqa moddiy resurslarning mahsulot birligiga sarflanuvchi xarajatlari. Material sig’imini kamaytirish tayyor mahsulot va materiallarni ko‘paytirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va xom ashyo tarmoqlarini rivojlantirishga sarflanuvchi xarajatlarni kamaytirishga imkon yaratadi.
Mahsulotning mehnat sig’imi-mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlariga teskari bo‘lgan kattalik. Moddiy ishlab chiqarish sohasida sarflangan mehnatning ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati orqali aniqlanadi.
Mahsulotning texnik darajasi - baholanayotgan mahsulotning texnik takomillashganligini belgilovchi, uning bazis ko‘rsatkichlariga mos keluvchi ko‘rsatkichlarni taqqoslashga asoslangan mahsulot sifatining nisbiy tavsifnomasi.
Mahsulotning yashash davri - mahsulot hayotining beshta bosqichinining almashinish davri: ishlab chiqish, ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o‘sish, bozorning to‘yinishi va ma’naviy eskirish.
Majburiy zahiralar – bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir.
Makroiqtisodiy muvozanat – iqtisodiyot turli tomonlarining o‘zaro tengligi bo‘lib, eng avvalo, yalpi talab va yalpi taklifning tengligi orqali namoyon bo‘ladi.
Makroiqtisodiy muvozanatning keynscha modeli –narxlar darajasi o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda jami sarfl ar va real yalpi milliy mahsulot o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiruvchi model (Qarang: Keynsancha iqtisodiy nazariya, Keyns D.).
|
| |