|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 56/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKLorens chizig‘i - biror bir ko‘rsatkichni taqsimlanish darajasini ifodalovchi egri chiziq.
Lorens egri chizig‘i - daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlashni tavsiflaydi.
Loyiha - ma’lum bir cheklangan vaqt oralig‘ida ko‘zda tutilgan maqsadga erishish borasidagi xatti-harakatlaming ketma-ketligini o‘zida aks ettiruvchi hujjat.
M
Majburiy zaxiralar – bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Zaxira normasi ikki asosiy funksiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi.
Ma’muriy rayon – iqtisodiy rayonga xos uch belgidan biri, boshqarish tizimiga ega bo‘lgan, hududining kattaligi bo‘yicha esa odatda iqtisodiy rayondan orqada turuvchi takconomik bo‘lak.
Ma’naviy tavakkalchilik - yuqotishlar sururta komianiyasi tomonidan to‘liq qoplanishiga ishonch hosil qilgan holda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘kotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirib ko‘rsatishga intiluvchi shaxsning hatti-harakati.
Mahsuldor innovatsiyalar - texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlami joriy etishni o‘z ichiga oladi.
Mahsulot attestatsiyasi - mahsulot sifatining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ob’ektiv baholashni tizimli ravishda amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi, tashkiliytexnik va iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari - mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi tabiiy resurslar, xom ashyo va materiallar, yoqilg’i va energiya, asosiy fondlar va mehnat resurslari, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish va sotishning boshqa xarajatlarining qiymat baholari.
Mahsulot rentabelligi - mahsulot sotishdan olingan foydaning mahsulot tannarxiga nisbati (foizlarda) sifatida aniqlanuvchi ishlab chiqarish samaradorligi ko‘rsatkichi.
Mahsulot sertifikati - mahsulot sifatini baholash va nazorat qilishning xalqaro normalarini qabul qilish va amalga oshirish jarayoni; mahsulot ishlab chiqaruvchilarga qaram bo‘lmagan, mahsulotning xalqaro sandart normalariga mos kelishini nazorat qilish uchun kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlangan maxsus markazlarni yaratish bilan amalga oshiriladi.
Mahsulot sifati - masulotning inson va jamiyatning ma’lum bir ehtiyojlarini qondirish qobiliyatlarini belgilovchi foydali xislatlari majmui.
|
| |