|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 47/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKIste’mol xarajatlari – tovarlar va xizmatlarni yakuniy iste’mol qilish maqsadida xarid qilish uchun qilingan xarajatlar. Uy xo‘jaliklari va davlatning iste’mol xarajatlariga bo‘linadi. YaIMning xarajatlariga ko‘ra tarkibida eng katta va barqaror komponent.
Iste`molchi ortiqchaligi (yutug‘i) - iste`molchi tovarlar uchun to‘lashi mumkin bo‘lgan narxlar bilan tovarlarga bozorda haqiqiy to‘langan narxlar ayirmalarining yig‘indisi.
Iste’molchilik sarflari - aholi daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.
Iste’molchining mustaqilligi (suvereniteti) - istemol xuquqining ustaqilligi, qaram emasligi, huquqning musaqil yo’nalishi bo‘lib, tovar va xizmatlar bozorida istemolchining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qoida va yo‘riqnomalar majmuidan iborat.
Istе’mоlgа (jаmg’аrishgа) chеgаrаlаngаn mоyillik – istе’mоl хаrаjаtlаridаgi (jаmg’аrish hаjmigi) o’zgаrishning bu o’zgаrishni kеltirib chiqаrgаn dаrоmаdlаrning (SHTDdаgi) o’zgаrish miqdоridаgi ulushi.
Iste’molga keyingi qo‘shilgan moyillik - shaxsiy daromad o‘sgan qismining iste’mol qilinadigan qismi ulushi.
Iste’molga o‘rtacha moyillik - shaxsiy daromadning iste’molga ketadigan ulushi.
Istemolchi ortiqchaligi (yutug‘i) - iste’molchi tovarlar uchun to‘lashi mumkin bo‘lgan narxlar bilan tovarlarga bozorda haqiqiy to‘langai narxlar ayirmalarining yig‘indisi.
Istemolchilarni qondirilish darajasini maksimallashtirish - bu marketingni alternativ ijtimoiy maqsadlaridan biri bo‘lib, unga binoan na faqat istemolni hajmini ko‘paytirish va aksincha istemolchilarni qondirilish darajasini o‘sishiga erishish katta axamiyatga egadir.
Ixtirolar – mayda va kichkina – chiqarilayotgan mahsulot va foydalanilayotgan texnologiyalarning ayrim ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yo‘naltiriladi; mikroinnovatsiyalar, ayrim hollarda esa soxta innovatsiyalar asosida yotadi.
Ixtiyorida bo‘lgan daromad - shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad.
|
| |