|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 43/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKIshlab chiqarish - ma’lum davrda alohida xo'jalik yurituvchi subyektlar tarmoqlar va iqtisodiy sektorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mol va xizmatlar qiymati.
Ishlab chiqarish (product) - ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mahsulot yaratish jarayonini yoki ishlab chiqarish omillarini tayyor mahsulotga aylantirish jarayoni.
Ishlab chiqarish funksiyasi - ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan shu mahsulotni ishlab chiqarishdagi sarflangan ishlab chiqarish omillari miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi funksiya.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig‘i - mavjud bulgan ishlab chiqarish resurslarndan to‘liq va samarali foydalanish orqali ishlab chiqariladigan tovarlar kombinatsiyasini ifodalovchi chiziq.
Ishlab chiqarish jarayoni – kishilarning maqsadli ko‘zlab amalga oshiriladigan faoliyati bo‘lib, iste’mol uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan jarayon. Ishlab chiqarish jarayoni bir tomondan iste’mol qiymatlarini yaratish jarayoni bo‘lsa, ikkinchi tomondan qiymatning o‘sish jarayonidir.
Ishlab chiqarish kuchlari - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalar birligi.
Ishlab chiqarish omillari - cheklangan bo‘lib, ularga mehnat (labour), kapital (kapital), materiallar (xomashyo, butlovchi qismlar, elektr energiyasi, gaz, suv va boshq.), yer (land) kiradi.
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi (yutug‘i) - tovarlarnig haqiqiy narxlaridan chekli (bir birlik qo‘shimcha tovar ishlab chiqarishga ketgan) xarajatlarni ayirmalari yig‘indisiga teng.
Ishlab chiqarish quvvati - asosiy ishlab chiqarish va aylanma fondlar, shuningdek, moliyaviy resurslardan iloji boricha to‘liq va oqilona foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan mahsulotning maksimal hajmi.
Ishlab chiqarish rentabelligi - korxona aktivlaridan foydalanish darajasini ifoda etgani holda, foydaning ishlab chiqarish fondlariga nisbati sifatida hisoblab topiladi.
|
| |