• Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti
  • Iqtisodiyotda xalqaro teng manfaatli hamkorlikni o‘rnatishga intilish
  • Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS)
  • Iqtisodiyotning asosiy muammosi
  • Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov




    Download 146,5 Kb.
    bet41/108
    Sana18.07.2024
    Hajmi146,5 Kb.
    #267806
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   108
    Bog'liq
    Lugat iqtisodiyot UDK

    Iqtisodiyot aktivlari - obyektlar bo'lib, ularga institutsion birliklar yakka holda yoki jamoa bo'lib egalik qilish huquqiga ega boiadilar. Ulaming egalari ma’lum vaqt davomida ularga egalik qilishdan yoki ulardan foydalanishdan iqtisodiy naf ko'radilar. Iqtisodiy aktivlarmoliyaviy va nomoliyaviy aktivlarga bo'linadi. Nomoliyaviy aktivlarga ishlab chiqarilgan (asosiy fondlar, material aylanma mablag'lar, boyliklar) va ishlab chiqarilmagan (yer, yer osti qazilma boyliklar, o ‘rmon resurslari, patentlar, litsenziyalar va h.k.) aktivlar kiradi. Moliyaviy aktivlarga ega monetar oltin, mavjud pul va depozitlar, qimmatli qog‘ozlar, ssudalar, debitor va kreditor qarzlari kiradi.
    Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitida jamiyatning chekusiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va ularni iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimini, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun- qoidalarini o‘rganishdan iboratdir.
    Iqtisodiyotda xalqaro teng manfaatli hamkorlikni o‘rnatishga intilish – yangi ishlab chiqarish munosabatlarida iqtisodiy barqarorlik va tovar ayirboshlashda xalqaro hurmat tamoyillariga rioya etish tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanish garovidir.
    Iqtisodiyotni barqarorlashtirish – tanglik holatlariga barham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
    Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) - qonunchilik, ijro va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirishdir.
    Iqtisodiyotni erkinlashtirish - iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlaming erkinligi va mustaqilligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlami yaratish.
    Iqtisodiyotning asosiy muammosi - iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib to‘laroq qondirib borish mumkinligi to‘g‘risidagi masaladir.

    Download 146,5 Kb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   108




    Download 146,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov

    Download 146,5 Kb.