|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 40/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKIqtisodiy o‘sish omillari - iqtisodiy o ‘ sishga ta’sir ko‘rsatishda o‘z o‘miga ega bo‘lgan va uni aniqlab bemvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi.
Iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari - iqtisodiy o‘sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat va natural (jismoniy) ko‘rsatkichlar tizimidan iborat.
Iqtisodiy qonunlar – iqtisodiy hayotning turli tomonlarini, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi takrorlanib turadigan,barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.
Iqtisodiy rayon – mamlakat xalq xo‘jaligining hududiy bir bo‘lagi. Har qanday iqtisodiy rayon uning geografik o‘rni, tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlariga mos bo‘lgan boshqa hududlar bilan oqilona mehnat taqsimotiga tayangan xalq xo‘jaligining asosiy vazifalarini o‘zida mujassamlashtirgan ixtisoslashuvga aytiladi.
Iqtisodiy renta - resursni sotilishi mumkin bo‘lgan narx bilan muvozanat narx ayirmasiga teng. Noyob, cheklangan resurs va ishchining yuqori malakasi uchun to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov.
Iqtisodiy resurslar- ma’lum davrda ma’lum bir mamlakat ixtiyorida to‘plangan va mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni iste’molchilarga yetkazib beri.sh va iste’mol jarayonlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositalar, zahiralar,imkoniyatlar va manbalardir.
Iqtisodiy rivojlanish - ko‘p oichamli jarayon bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiy sikl - ishlab chiqarishning bir iqtisodiy inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to‘lqinsimon harakati.
Iqtisodiy uklad – turli mulkchillika asoslangan xo‘jalik yuritishning shakillari va turlari.
Iqtisodiy yoki sof foyda - yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi.
Iqtisodiyot - cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchiga yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas bog‘liqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligini ta’minlovchi iqtisodiy tizimdir.
|
| |