• Innovatsion jarayon
  • Innovatsion salohiyat
  • Innovatsion texnologiyalar
  • Insayder bitimlari
  • Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov




    Download 146,5 Kb.
    bet36/108
    Sana18.07.2024
    Hajmi146,5 Kb.
    #267806
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   108
    Bog'liq
    Lugat iqtisodiyot UDK

    Innovatsion biznes-model - bu innovatsiyalami ishlab chiqish va tijoratlashtirish jarayonida kompaniyaning imkoniyatlarini bozor imkoniyatlari bilan bog‘lashning o‘ziga xos tuzilmaga ega bo‘lgan mexanizm.
    Innovatsion faoliyat - g‘oyalar (odatda ilmiy tadqiqot va ishlanmalar natijalari yoki boshqa ilmiy va texnologik yutuqlar)ni bozorga tatbiq etiladigan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotga aylantirish, amalda foydalanilayotgan texnologik jarayonlami yangi yoki takomillashtirilgan turlari bilan almashtirish va shuningdek
    Innovatsion jarayon - ilmiy bilimlami (g‘oyalarni) innovatsiyaga (yakuniy mahsulotga) va uni keyinchalik tarqalish (diffuziya) jarayonidir.
    Innovatsion loyiha - bu innovatsiyalami tijoratlashtirishdan keladigan foyda to‘g‘risida matematik hisob-kitoblar asosida rasmiylashtirilgan shartnomadir.
    Innovatsion salohiyat - iqtisodiy salohiyatning tarkibiy qismi bo‘lib, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida yuqori samaraga erishish, ishlab chiqarish infratuzilmasini o‘zgartirib, mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida yuqori texnologiyali, raqobatbardosh mahsulotlar hajmini oshirishi mumkin bo‘lgan ilmiy-texnik salohiyatga yo‘naltirilgan tuzilmaviy unsurlar.
    Innovatsion texnologiyalar - yangiliklami amaliyotga joriy etish bosqichlarini qo‘llab - quvvatlovchi usul va vositalar to‘plami.
    Innovatsionlik – davrga xos bo‘lgan va bazis innovatsiyalar riskiga borishga moyillik, konservatizm va inersiya ta’sirini bartaraf etgan holda samarali innovatsiyalarni amalga oshirish qobiliyati.
    Innovatsiya – inson aqli erishgan yutuqlardan (kashfiyotlar, ixtirolar, ilmiy va konstruktorlik loyihalari va b.) u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish uchun foydalanish tushuniladi. Mos ravishda texnologik, iqtisodiy, ekologik, boshqaruv, harbiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy, huqqiy va boshqa innovatsiyalarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
    Insayder bitimlari - kompaniya insayderlari tomonidan uning qimmatli qog‘ozlari bilan amalga oshiriluvchi bitimlar.

    Download 146,5 Kb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   108




    Download 146,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov

    Download 146,5 Kb.