|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 33/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKIkkilamchi bandlik - qo‘shimcha ish bilan, ya’ni qo‘shimcha daromad beruvchi faoliyat bilan band boiishidir.
Ikkilamchi deflyator usuli - qo'shilgan qiymati o'zgarmas baholarda qayta baholash usuli bo'lib, uning uchun avval ishlab chiqarish va oraliq iste’mol deflyatorlanadi, so'ngra birinchisidan ikkinchisi ayriladi.
Ikkiyoqlama texnologiya - ham harbiy maqsadlarda, ham fuqarolik mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniluvchi texnologiyalar.
Ilmiy faoliyat - texnologik, muhandislik, iqtisodiy, ijtimoiy, gumanitar va shu kabi muammolaming yechimi borasida yangi bilimlami qo‘llashga yo‘naltirilgan aqliy faoliyat. Ilmiy faoliyatning asosiy diqqat - e’tibori fan, texnika va ishlab chiqarishning yaxlit bir tizim sifatida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratiladi.
Ilmiy-texnik salohiyat- mamlakatdagi fan, texnika va muhandislik ishlarining rivojlanish darajasi, jamiyatning fan-texnika muammolarini hal qilish uchun mavjud resurs va imkoniyatlarining umumiy tavsifnomasi.
Ilmiy-texnologik o‘zgarishlar – mehnat mahsuldorligini bir necha marta oshirish, birlamchi (tabiiy) resurslar iste’moli va atrof-muhitga zararli chiqitlar chiqarishni qisqartirishga imkon beruvchi ishlab chiqarishning postindustrial gumanistik-noosfera texnologik usuliga o‘tishga imkon beradi.
Imidj – firmaning mavqei, ishlab chiqarayotgan molning, xizmatning sifati, rahbarlarning obro‘si haqidagi buyurtmachi va xaridorning fikri.
Immigratsiya - ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishi.
Import (lot. importo –kiritaman) – 1) mamlakat ichiga foydalanish yoki sotish uchun chetdan olib kelingan xorijiy mahsulotlar; 2) kapital import xorijdan mamlakatga kelayotgan kapital (kredit, zayom va boshqa); 3) chetdan olib kelingan mahsulotlarning umumiy soni va qiymati. U vaqtni tejashga, iqtisodiyot, aholi ehtiyojini qondirish vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal qilishga ko‘maklashadi.
Import inflyasiyasi - bunda tashqi omillar ta’sir qilib, mamlakatga chet el valyutasining haddan tashqari oqib kelishi va import tovarlarining bahosi oshishi tufayli yuzaga keladi.
|
| |