|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 34/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKImport operatsiyasi – mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va uni mamlakatga olib kelish.
Impоrtgа chеgаrаlаngаn mоyilik – impоrtgа qilingаn хаrаjаtlаrdаgi o’zgаrishning YAIM yoki YAMD o’zgаrishigа nisbаtаn ulushi. impоrtgа qаrаtilgаn хаrаjаtlаr hissаsi.
Imtiyoz - ma’lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman ozod etish. Masalan, soliqlar bo‘yicha beriladigan imtiyozlar hozirgi kunda respublikamizda xususiy korxonalar, щunarmandchilik bilan shug‘ullanadigan shaxslar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalarga belgilangan tartibda daromad solig‘i to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berilgan. Imtiyozlarning berilishdan asosiy maqsad shu sohalarni rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoyalash hisoblanadi.
Indеksаtsiya – iqtisоdiyotdаgi nаrхlаrning o’rtаchа dаrаjаsi o’zgаrishigа bоg’liq rаvishdа ish hаqi vа bоshqа dаrоmаdlаrni tuzаtish, kеlishtirish.
Industrial jamiyat - milliy iqtisodiyotda sanoat tarmoqlari ustun mavqega ega boigan iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan jamiyatning ko‘rinishi. Industrial jamiyat mehnat taqsimotining taraqqiy etganligi, tovarlaming tez sur’atlarda ishlab chiqarilishi, ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishi va mashinalashtirilishi, xizmatlar ko‘rsatish va kommunikatsiya sur’atlarining yuksak darajada rivojlanganligi, ijtimoiy-iqtisodiy sohani tartibga solish borasida davlat o‘mining o‘sib borishi bilan tavsiflanadi.
Industriyalashtirish – mamlakat iqtisodiyotini sanoatlashgan asosga o‘tkazish, iqtisodiyotda sanoat ishlab chiqarishi ulushini ahamiyatli darajada ko‘paytirish, butun iqtisodiyot yoki uning alohida tarmoqlarida yirik mashinalashgan ishlab chiqarishni barpo etish jarayoni.
Inflatsion farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan ortiqcha bo'lgan miqdori.
Inflyatsiya (lot. shishish, ko‘pchish, ko‘tarilish) – mamlakatda muomalada yurgan qog‘oz pul miqdorining xo‘jalik muomalasi ehtiyojlaridan ortiq darajada oshib ketishi. Pulning qadrsizlanishi. Inflyatsiya quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Biror omil tufayli kelib chiqqan inflyatsiya. 2. Kredit inflyatsiyasi – kredit ajratishning haddan ortiq kengayishi tufayli kelib chiqadi. 3. Sudraluvchan inflyatsiya – sekinlik bilan rivojlanib boradi. 4. Sakrovchan inflyatsiya – tez sur’atda rivojlanib boradi. 5. Ma’muriy inflyatsiya – narx-navoni ma’muriy tarzda boshqarish oqibatida yuzaga keladi. 6. Ijtimoiy inflyatsiya – mahsulot sifatiga, atrof-muhit muhofazasiga bo‘lgan yangi ijtimoiy talablarning paydo bo‘lishi oqibatidagi chiqimlarning o‘sishi ta’sirida narx-navoning o‘sishini yuzaga keltiradi. Bunday holat xo‘jalik yuritish borasidagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish davrida, mahsulot ishlab chiqarish kamaygan hollarda qo‘shimcha pul chop etish natijasida yuzaga keladi.
|
| |