|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 39/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKIqtisodiy bitimlar - qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o ‘tishi bo‘yicha kelishuvlar.
Iqtisodiy davr – ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishiga aytiladi.
Iqtisodiy faol aholi - o 'z ish kuchini tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun taqdim etgan doimiy aholining bir qismi (ayollar, erkaklar) bo'lib, ular band aholi va ishsizlarga bo'linadilar.
Iqtisodiy faoliyat - kishilar uchun zarur boigan hayotiy ne’mat va vositalami ishlab chiqarish hamda iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas bogiiqlikda amal qiladigan turli xil faoliyatlar.
Iqtisodiy inqiroz - ishlab chiqarish hajmi va iqtisodiy faollikning keskin tushib ketishi.
Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotda tub o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlardir.
Iqtisodiy jamg‘arish - milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma kapitallami, shuningdek, ehtiyot va zaxiralami ko‘paytirish uchun foydalanish.
Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy jarayonlar va real hodisalaming ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchalar.
Iqtisodiy mutonosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida miqdor hamda sifat qlchamlarining mos kelishlik darajasi.
Iqtisodiy muvozanat – iqtisodiy jarayonlar,hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga teng kelish holati.
Iqtisodiy ne’mat (economic good) - ehtiyojni qondirish vositasi.
Iqtisodiy o‘sish - YAMM (YAJM, SMM, MD) miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi.
Iqtisodiy o‘sish mezoni - iqtisodiy o‘sishni nisbatan to‘liq darajada baholash imkonini beradigan ko‘rsatkichni xarakterlaydi.
|
| |