|
Demografiya – aholi sonining yosh va jinsi ko‘payishi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar majmuyi.
Demping
|
bet | 22/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKDemografiya – aholi sonining yosh va jinsi ko‘payishi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar majmuyi.
Demping - tovarni urtacha bozor narxidan arzon, ba’zida xatto o‘z tannarxidan arzon narxda sotish. Ko‘pchilik g‘arb mamlakatlarida milliy ishlab chiqaruvchilar foydasini himoya kiluvchi va aksari hollarda boshqa mamlakatlardan raqobatning kuchli emasligi sababli arzon narxda tovar olib kirishni ta’kiklovchi antidemping qonunlar amal qiladi.
Demping narx - bozorda o‘z mavqeyini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun foydalanilib, bozorga kirib olish narxi deb ham ataladi.
Denominatsiya - Bunda eski pul birliklari ma’lum bir nisbatda yangi pul birliklari bilan almashtiriladi.
Deponent (lat. depono – yig‘aman) -korxona, tashkilot, muassasa yoki jismoniy shaxsning korxona, tashkilot, muassasada vaqtincha saqlayotgan mablag‘i.
Dеpоzitlаr – 1) mоliya-krеdit muаssаsаlаrigа qo’yilgаn оmоnаtlаr: 2) bаnk dаftаridаgi yozuvchilаr: 3) krеdit muаssаsаlаrigа sаqlаsh uchun tоpshirilgаn qimmаtli qоg’оzlаr.
Depozit foizi - mablag quyuvchining pulidan foydalangani uchun unga bank tomonidan to‘lanadigan to‘lov, ya’ni narx.
Depozit sertifikati - ma’lum bir muddatga pul mablag‘larini bankka qo‘ygan shaxslarga bu haqda tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘oz bo‘lib, uning egasi daromad manbai hisoblanadi. D.s. boshqa shaxslarga beriladigan va berilmaydigan bo‘lishi mumkin.
Devalvasiya – mamlakat pul birligi kursining oltinga yoki xorijiy valyutaga nisbatan rasmiy pasaytirilishi.
Differensial renta - boshqa resurslarga nisbatan yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan resurs egasi tomonidan olinadigan renta.
Differensiatsiya - bu raqobat strategiyasi bo‘lib, bunga amal qilgan korxona o‘zining asosiy kuchini raqobatchi korxonalar mahsulotlaridan har tomonlama usunlikka ega bo‘lgan yangi mahsulotlarni yaratishga sarf etadi va o‘z marketing faoliyatini shunday yo’nalishlarini tanlaydiki, bu esa unga raqobat kurashida g‘olib chiqishga olib keladi. Differensiatsiyaning quyidagi yo‘nalishlari mavjud: mahsulot differensiatsiyasi, servis differessiatsiyasi, personal differensiatsiyasi va imidj differensiatsiyasi.
|
| |