|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi n. X. Turopova, J. E. Ashurov
|
bet | 21/108 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 146,5 Kb. | | #267806 |
Bog'liq Lugat iqtisodiyot UDKDavriy ishsizlik – ishlab chiqarish darajasining pasayishiga bog‘liq holda ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kamayishi oqibatida yuzaga keladigan ishsizlik.
Debet (lat. debet - u majbur) - buxgalteriya hisobining bir qismi. Aktiv schetlarning debetiga summalarning ko‘payishi yozilsa, passiv schetlarda esa, summaning kamayishi yoziladi. Hisoblashish schetlarining debetida esa, boshqa korxona va shaxslarning shu korxonaga qarzlari aks ettiriladi va debetorlik qarzlari deyiladi. Debet qoldiqlari esa, aktiv va aktiv-passiv schetlarda bo‘ladi.
Debitor – biror korxonadan, firmadan, muassasadan boshqa yuridik shaxs yoki fuqaroning qarzdor bo‘lib qolishi.
Debitorlar (lat. debitor - љarzdor) - ushbu sub’ektga =arzdor bыlgan bosh=a korxona, tashkilot, muassasa yoki shaxslar bыlib, ular debetorlik =arz-larini tыlashlari lozim.
Defitsit – biror narsaning yetishmasligi, kamchiligi. Jumladan, tovarlar yetishmasligi, byudjet mablag‘ining yetishmasligi.
Deflatsiya - inflatsiyaga qarama-qarshi jarayonni, ya’ni narxlaming umumiy darajasining pasayib borishini bildiradi.
Deflyatsion siyosat – bu siyosat ichki talabni qisqartirishga, ustuvor ravishda fuqarolarga yo‘naltirilgan budjet xarajatlarini, narxlar va ish haqlarini muzlatishga yo‘naltirilgandir.
Deklarasiya – ma’lum axborotni o‘z ichiga oluvchi hujjat. Deklarasiya bojxona uchun tayyorlangan bo‘lsa, unda boj to‘lanadigan molning nomi, miqdori, narxi va boshqalar ifodalanadi.
Dekort – molning haqini muddatdan avval to‘langan yoki molning miqdori, sifati kelishuv shartlariga mos kelmagani uchun molning narxidan chegirma.
Demarketing – marketingning bir turi bo‘lib, ishlab chiqarish quvvati, xom ashyoning yetishmasligi tufayli bozorga kam chiqariladigan molga talabni pasaytirishga qaratilgan.
Demografik bozor segmentatsiyasi - bu bozorni quyidagi tavsifnomaga ega bo‘lgan xaridorlar guruxiga bo‘lish tushuniladi. Ularga quyidagilar kiradi: xaridorni yoshi hamda jinsi, oilaviy ahvoli, oilaning hayotiy davri, daromadi, qaysi ish bilan shug‘ullanishi, ma’lumoti, qaysi dinga mansubligi, millati va hokazolar.
|
| |